O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
- 4 - I.KIRISh Fanning maqsadi va vazifalari: Kursning maqsadi talaalarga etnologiya fani, uning maktablari, tadqiqot uslublari haqida tushuncha berish, Avstraliya va Okeaniya, Osiyo, Afrika, Amerika, Evropa xalqlarining antropologik va etnolingvistik tasniflanishi, ularning etnik tarkibi, an‘anaviy xo‘jaliklari, ijtimoiy tuzumi, moddiy va ma‘naviy madaniyati, diniy e‘tiqodlari haqida batafsil ma‘lumotlar berish, O‘zbekistonda etnologiya fani rivoji haqida bilim berish, ularni xalqlar ni etnologik tavsiflash uchun zarur ko‘nikma va malakalarga o‘rgatish, etnologik dala – o‘quv amaliyotiga tayyorlashdan iborat. Talabalarga dunyo qit‘alari, mamlakatlar, ularning tabiati va aholisi, xalqlarning irqiy va lingvistik tuzilishi, etnik shaklla nishi, moddiy va ma‘naviy madaniyati, etnologik xususiyatlari yuzasidan bilimlar berish maqsadida, quyidagi vazifalarni ko‘zda tutadi: - etnologiya fanining predmeti, etnoloigiya maktablari va tadqiqot usullari haqida tushuncha berish; - Avstraliya va Okeaniya xalqlarining etnik shakllanishi, geografik-lingvistik- xo‘jalik- madaniy klassifikatsiyalash, moddiy- ma‘naviy, ijtimoiy an‘analarini tahlil qilish; - Osiyo xalqlarining etnografiyasi, etnogenezi, an‘anaviy xo‘jaliklari, oila va nikoh munosabatlari, dini y e‘tiqodlari bilan tanishtirish; - Afrika xalqlarini etnologik, antropologik va etnolingvistik jihatdan tavsiflab berish, ularning turmush tarzi, ijtimoiy tuzumi haqida ma‘lumot keltirish; - Shimoliy, Markaziy va Janubiy Amerikadagi mamlakatlar, ularning aholisi, xalqlarning irqiy va etnolingvistik tiplari, an‘anaviy xo‘jaliklari, moddiy va ma‘naviy madaniyatini ochib berish; - G‘arbiy va Sharqiy Evropa xalqlarining o‘ziga xos etnologik xususiyatlari, irqiy va etnolingvistik tiplari, moddiy va ma‘naviy madaniyatini tushuntirish; - O‘zbekistonda etnologiya fani rivoji va istiqbollari haqida ma‘lumot keltirish; - Talabalarni tarixiy mushohada, tahlil qilishga o‘rgatish, milliy istiqlol g‘oyasi asosida, barkamollikka yetaklovchi tarixiy va etnologik bilimlarni singdirish; - Talabalarga Internetda mustaqil ishlab, kerakli ma‘lumotlarni tanlab olish ko‘nikma va malakalarini hosil qildirish. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling