O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/180
Sana02.01.2022
Hajmi1.21 Mb.
#197922
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   180
Bog'liq
etnologiya asoslari

 
2-asosiy savol: 
G‘arbiy Osiyo xalqlari. 
2-asosiy savolning bayoni: 


- 66 - 
 
Axolining  asosiy  an‘anaviy  xo‘jaligi  dexqonchilikdir.  Qisman  yarim  ko‘chmanchi  va 
ko‘chmanchi  chorvachilik  xam  mavjud.  Dexqonchilik  sun‘iy  sug‘orishga  asoslangan  bo‘lib 
to‘g‘onlar,  suv  omborlari,  kanal  va  ariqlar,  korizlardan  qadim-qadimlardan  foydalanib 
kelinmoqda.  Eron  va  Afgonistonda  lalmiga  don  ham  ekilgan.  Asosiy  qishloq  xo‘jaligi 
ekinlari  boshoqli  donlar,  xurmo,  sholi,  sitruslar,  poliz  ekinlaridir.  Turkiya,  Eron, 
Afg‘onistonda paxta, tamaki, bog‘dorchilik muhim o‘rin egallaydi. 
Moddiy madaniyati. 
G‘arbiy Osiyo xalqlarining ko‘pchilik qismi qishloqlarda yashaydi. Qishloqlarning ko‘pi yirik 
bo‘lsada,  uylari  tartibsiz,  rejasiz  qurilgan.  Qishloq  markazida  bozor,  masjid,  qaxvaxona, 
choyxona,  boshqaruv  muassasalari  joylashgan.  Tog‘lik  xududlarda  uylar  tosh,  voxalarda 
guvala, xom g‘ishtlardan, paxsadan quriladi. 
G‘arbiy  Osiyoda  xozirgi  paytgacha  ma‘lum  sondagi  ko‘chmanchi  va  yarim  ko‘chmanchi 
chorvador  xalqlar  xam  yashaydi.  Arab  badaviylari  yozgi  yaylovlarida  yuzlab  chodirlar 
tikiladi.  Texnika  va  aloqa  vositalari  o‘ta  zamonaviy  bo‘lsada,  an‘anaviy  xo‘jaligi  o‘z 
axamiyatini yo‘qotmay qelmoqda. 
G‘arbiy  Osiyo  aholisi  uy-xonadonlari  to‘rtburchak  shaklida  qurilib  (ichkari  va  tashqari)  2 
qismga  bo‘linadi.  Uy  jixozlari  bo‘yra-kigiz,  gilam,  taxta  krovatlar,  sandiqlardan  iborat. 
Mebellardan stol, stullar, xontaxtalar mavjud. 
Idishlar  sopol  va  temir  buyumlardan  tashkil  topgan  bo‘lsada,  qishloqlarda  quritilgan 
qovoqlardan  qilingan  idishlar  ham  uchrab  turadi.Bugungi  kunda  zamonaviy  fabrika  idish-
tovoqlar an‘anaviy buyumlarni o‘rnini olmoqda. 
Kiyimlari.  Erkaklar beldan pastga tushadigan ko‘ylak  keng ishton, chopon,  yaxtaklar,  turli 
bosh kiyimlari kiyishadi. Qishda qo‘y terisidan tikilgan po‘stinlar xam kiyiladi. Afg‘onistonda 
pushtunlarda chakmonlar xam mavjud. 
Arablar  kufiya,  Eron  va  Afg‘onistonda  qorako‘l  teridan  tikilgan  telpaklar  asosiy  bosh 
kiyimdir. Oyoq kiyimi sandal, tufli, etiklardan iborat. 
Ayollar  esa  to‘pig‘igacha  ko‘ylak,  uzun  tor  lozim,  ustilariga  shuningdek  turli  yaktak 
ko‘rinishidagi  kiyimlar  kiyishgan.  Boshlariga  ro‘mol  o‘rashib  turli  zargarlik  buyumlari 
taqishadi. 
Taomlari:  bug‘doy,   non,   o‘simlik   va   sut   mahsulotlaridan iborat. Kofe, ko‘k va qora 
choy asosiy ichimliklardir.  
Ma‘naviy madaniyati  
G‘arbiy Osiyo xalqlari falklori nihoyatda boy. Jahon madaniyati durdonalaridan hisoblangan 
«Ming bir kecha» ertaklari shu xududda yaratilgan. 
Dinlari: islom   (sunna   va   shia   mazxablari)   xristianlik, buddizm  mavjud. 

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling