O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
2-asosiy savol: Janubiy Osiyo xalqlari. 2-asosiy savolning bayoni: Hindiston (1 milliard),Bangladesh (119,9mln),Pokiston(129,7 mln), Shri1Lanka (18,2mln), Nepal qirolligi(22,6mln), Butan qirolligi(1,3 mln), Maldiv respublikasi(0,3mln)dan iborat. Janubiy Osiyoda arxantrop va paleontroplar suyak qoldiqlari topilgan. Olimlar undan odamzot 1 mln. yildan buyon yashab «homo sapiens» jarayoni bo‘lganligini tasdiqlashgan, Janubiy Osiyoning qadimgi dexqonchilik madaniyatlari «Mohinjo-Daro» va «Xarappa»dan topilgan. Miloddan avvalgi II ming yillikning o‘rtalari ariy qabilalarining kirib kelishi maxalliy dravidlarni janubga ketishga majbur etgan. Ariylar istilolari yangi til, din va madaniyatni shakllantiradi. Zamonaviy aholisi. Eng so‘nggi ma‘lumotlarga binoan faqat Hindistonda 187 til bo‘lib, 29 ta etnos 1 mln dan ortiq axoliga ega. Antropologik jihatdan Janubiy Osiyoning shimoliy xududlari axolisida evropoid va avstroloid xususiyatlarini uchratish mumkin. - 67 - Xo‘jaligi. Miloddan avvalgi III ming yillikda dexqonchilik xo‘jaligi shakllanib tarqaladi. Asosiy ekinlar- sholi, so‘ng butdoy va boshqa boshoqli ekinlar etishtiriladi. Moddiy madaniyatlar: Axolining asosiy qismi qishloqlarda yashaydi. Hind va Gang daryolari voxasidagi qishloq lar ko‘chalari rejali o‘nlab uylardan iborat. Uy devorlari asosan loydan, tomlari tekis. Shimoliy xududlarda g‘ishtdan tiklangan ayvonli 1-2 xonali uylar xam uchrab turadi. Yarim orolning janubida tosh, yog‘ochdan ko‘proq foydalaniladi. Uylarning turlari, qurilish ashyolari faqat tabiiy iqlim bilan bog‘liq bo‘lmay ba‘zida diniy, xo‘jalikdagi xususiyatlar xam o‘z aksini topgan. Janubiy Osiyoning ko‘chmanchi axolisi pushtun va belujiylar jun gazlama yoki brizent yopilgan chodirlarda, ko‘chma o‘tovlarda yashaydilar. Tropik o‘rmon va tog‘li xududlarda yashovchi naga, kxasilar ustunlar ustiga qurilgan kichik sinchli uylarda yashasa, sintallarning uylari to‘g‘ri ko‘chalar chetida bambuk va qamishlardan bunyod etiladi. O‘rmon qabilalari palayyan va uladanlar kichik qishloqlarda engil chaylalar, ustunlar ustiga qurilgan ayvonlarda istiqomat qiladilar. Andamanliklarda 10 va 100 lab kishilar yashaydigan jamoa uylari saqlanib qolgan. Kiyimlari: Asosiy turlari tikilgan va o‘rama bo‘lgan. Erkaklarda-dxoti, belbog‘chalar ko‘ylak va nimchalar, boshlarida qalpoq. Ayollarda - sari, kofta, bilan birgalikda tikilgan kiyimlar xam mavjud. Xindlar teridan qilingan oyoq kiyimlari kiymaydilar. Veddlar, andamanliklar, nagalar, kxasilarning asosiy kiyimi belbog‘chalardan iborat. Ma‘naviy malaniyati. Ko‘p asrlik tarixiga ega Hind dostonlari, afsonalari «Ramayana», «Maxabhorat», o‘yinlari, musiqalari, qo‘shiqlari dunyoga mashhur. Teatr, me‘morchilik obidalari Toj Mahal ,Banoras ibodatxonalari, Adjanta g‘oridagi o‘yma ibodatxonalar shu qatordadir. Dinlari: Induizm (Vishna, Shiva), Buddizm (miloddan avv. VI-V asrlar), Jaynizm, Sikxizm (XVI-XVII asrlarda), islom (Pokiston, Bangladesh)lardan iborat. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling