O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
2 -savol bo`yicha dars maqsadi: Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari va ularning aholisi
haqida ma‘lumot berishdan iborat. 2 – savolning bayoni: Birma Respublikasi. 37 mln 25-50 ga yaqin etnoslar yashaydi, 66% ni birmaliklar tashkil etadi. Tailand qirolligining (60,2mln.) davlat tili tay, ulardan tashqari lao, lan, shan va boshqalar xam mavjud. Laosda 30 ga yaqin xalqlar yashaydi, 4,8 mln. axolining 60% lao tilida so‘zlashadi. Lao-tay til oilasiga mansub. V‘etnam. (75,0 mln.) axolining 60% avstroneziya til oilasining mustaqil v‘et guruxida gaplashadi. Kambodja, 10,6 mln. kishilik aholining asosiy qismi kxmer tiliga mansubdir. Mon- kxmer tillari alohida til oilasidir. Singapurda 3,0 mln. axolining 80% ni xitoyliklar tashkil qiladi. Malayziya. 19,9 mln. kishi. Axolining 10,4 mln.i malayyaliklar, 5 mln.i xitoyliklardan iborat. Indoneziya. 198,4 mln. kishi. Malayya-polineziya til oilasining malayya va indoneziya tillari xukmron. Mamlakatda 350 ga yaqin etnoslar yashaydi. Eng yirik xalq yavaliklar-100 mln. kishidan iborat. Filippinda- axolining asosiy qismi avstroneziya tillarida so‘zlashadi. 68,4 mln. kishidan 30,8 mln.i visayyalar. Ifugao-160 ming, aeta - 40 ming kishiga egadir. Xo‘jaligi. Janubiy-Sharqiy Osiyoda eng primitiv ovchilik va terib- termachilikdan tortib sug‘orish dehqonchiligiga qadar xo‘jalik turlari mavjud. Madura orolida aholi chorvachilik bilan xam shug‘ullanadi. Asosiy qishloq xo‘jaligi ekini-sholidir. Axolining ma‘lum qismi sanoatda, an‘anaviy xo‘jalik faoliyatlari (saqich, kauchuk, qimmatbaxo yog‘ochlar tayyorlash) bilan xam shug‘ullanadilar. Semang, senoi (Sumatra oroli) kubu, sakaya (Yava orolida) tangerlar, punam va bukitlar (Kalimantan orolida) Sulavesi orolidagi toalalar, Filippindagi-aetalar yaqin - 70 - paytgacha daydi ovchilik va termachilik bilan shug‘ullanib kelishgan. Bugungi kunda bu xalqlarni o‘troqlashtirish, dexqonchilikka o‘tkazish ishlari olib borilmoqda. Moddiy madaniyati. Xilma- xil bo‘lsada, ba‘zi umumiylikka xam egadir. Dexqonchilik bilan shug‘ullanuvchi axoli daryo, ko‘llar, dengiz qirg‘oqlaridagi qatorlab qurilgan qishloqlarda yashaydilar. Uylarning ma‘lum qismi ustunlar ustida qurilgan. Yog‘ingarchilikning ko‘p bo‘lishi, toshqinlar bunga sababdir. Asosiy qurilish ashyosi bambuk. Devor, pol xammasi bambukdan yasaladi. Minangkabaularda «uzun jamoa uylari» saqlanib qolgan, ular yangi oilaga qo‘shimcha xonalarni uyning davomidan qurishadi. Yaqin o‘tmishda qishloq markazida «jamoa uyi», «erkaklar uyi» bo‘lgan. Kiyimlari. Tashqi ko‘rinishidan turli-tuman bo‘lsada o‘z mazmuni bo‘yicha umumiyliklarga ega. Masalan an‘anaviy kiyimlar o‘rama bo‘lgan. Bugungi kunda Janubiy-Sharqiy Osiyo xalqlarining deyarli barchasi ko‘ylak, ishton, kofta, shlyapa (bambuk, qamishdan) sandallar kiyishadi. Birma va, Kamb odjada an‘anaviy milliy kiyimlar ko‘proq saqlangan (Sorong). Ovchi va terimchi xalqlarda belbog‘chalar, daraxt po‘stlog‘idan yubkachalar keng tarqalgan. Ma‘naviy madaniyatlari. Hindixitoyda-buddizm, Indoneziyada va Malakkada-islom, Filippinda -xristian dini keng tarqalgan. V‘etnamda dostonlar musiqali-dramalar, turli raqslaru-qo‘shiqlar; Tailand- boy folklor, qo‘g‘irchoq teatri, soya teatrlari;Indoneziyada-soya teatri va yang kuvo,marionetkalar teatrlari nom chiqargan. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling