- 74 -
2-savol bo`yicha dars maqsadi: Sibir
xalqlarining x
o‘jalik-madaniy tiplarini tushuntiring.
2-asosiy savolning bayoni:
Tayganing piyoda ovchi va baliqchilari.
Subarktikaning yovvoyi butular ovchilari.
Ob, Amu
r,. Kamchatkaning o‘troq baliqchilari.
Sharqiy Sibirning tayga bugulari ovchilari.
Shimoliy Uraldan Chukotkaga qadar tundra bug‘uchilari.
Tinch okeani qirgoq va orollarning dengiz xayvonlari
ovchilari.
Oltoy va Sayanning ovchi va chorvadorlari.
8.Janubiy va G‘arbiy Sibir, Baykal bo‘ii dehqon va chorvadorlari.
Shimoliy Osiyo aholisining etnogenezi boshlanishi miloddan avv. VI-I ming yillikka
oiddir. Xususan oltoy tillari oilasiga oid etnoslarning oldturk va oldmo‘g‘ullarga bo‘linishi
miloddan avv. I ming yillikda Mo‘tulistonda bo‘lgani extimol. Ular Sibirga shakllanib bo‘lgan
qadimgi turkiy va qadimgi mo‘g‘ul xalqlari sifatida tarqalganlar. Tungus tili oid qabilalar
Sharqiy Baykal ortida shakllanib milodiy asr chegaralarida shimolga tarqala boshlagan.
Miloddan avv. III ming yillikning oxiri II chi ming yillikning boshlariga oid topilgan Afanasev
madaniyati axolisi ko‘chmanchi chorvachilik bilan shugullangan. Irqiy jixatdan evropoid
bo‘lgan bu aholi oldEron tillarida gaplashgani extimol. Ularning izlari O‘rta Osiyo, Volga
bo‘yidan topilgan.
Jez davri (miloddan avv. III-I ming yilliklar) Sibir axolisi madaniyati xam janub bilan
uzviy bog‘liq bo‘lgani tasdiqlangan. Miloddan avv. II-I ming yilliklarda ketlarning ajdodlari,
miloddan avv. I ming yillik-milodning V asrlarda turkiy qabilalar Oltoy-Sayan va undan
shimolga tarqala boshlagan. Ular yarim ko‘chmanchi chorvachilik va dehqonchilik bilan
shug‘ullang anlar.
Do'stlaringiz bilan baham: