O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
3-savol: Tub aholi xo‘jaligi va ma‘naviy madaniyati. 3-savol bo`yicha o`qituvchining maqsadi: Tub aholi xo‘jaligi va ma‘naviy madaniyati ini sharxlab berish. 3-asosiy savolning bayoni: 1. Chorvachilik va dexqonchilik aholisi madaniy tiplari. G‘arbiy Sibir tatarlari, tuva, xakas, oltoy, shorlik turkiy qabilalardan iboratdir. Ularning barchasida ruslar istilosiga qadar chorvachilik dexqonchilikka nisbatan yaxshi rivojlangan. Oltoylik va buryatlarda uzoq payt yog‘ochdan yasalgan konussimon tomli o‘tov ko‘rinishidagi uylar saqlanib qolgan. An‘anaviy kiyimlari Markaziy Osiyoliklarnikiga o‘xshash oldi ochiq bo‘lgan. Erkaklari po‘stin, ayollari (buryat va oltoyliklar) ichidan uzun ensiz, oldida kesilgan «chegedek» kiygan. 2. Shimolning ovchi qabilalari xant, mansi, selkuplar xo‘jalik — madaniy tiplari xam o‘ziga xosdir. Uralda va Amur bo‘ylarida yashovchi nivx, ulcha, nanaylar, koryak va evenlar yil davomida baliqchilik bilan shug‘ullanganlar. Ovchilikning boshqa soxalari yordamchi vazifasini o‘tagan. Baliq va undan olingan maxsulotlar hayot asosini, hatto uning terisidan kiyim hamda poyafzal qilishni bilganlar. Uy- joylari qishda jamoa erto‘lalari, yozda o‘tov chumlar yoki katta qo‘shilgan chana ustida tunashgan. Axolining barcha guruxlarida jun kiyim, uzun po‘stinlar keng tarqalgan. 3.Sibirning tayga zonalarida ovchi-bug ‘uchilik bilan shug‘ullanadigan evenk, even, yukagir, oroki, negidallar yashashgan. Ular yovvoyi los va bug‘ularni ovlashgan. Shuningdek mo‘ynali xayvonlar ov qilingan. Ular ko‘chmanchi hayot kechirganlar. Asosiy transport vositalari bug‘u qo‘shilgan chanalar bo‘lgan. Moddiy madaniyati xo‘jalikka mos bo‘lib, koiussimon chum (o‘tov)larda yashaganlar. Evenklar berestadan qayiqlar yasashgan ajoyib chang‘ilar yaratishgan. Evenklar kiyimlari yupqa lekin issiq bug‘u terisidan yasalgan. - 75 - 4.Bug‘uchilik bilan shuningdek nenetslar, chukcha va koryaklar ham shugullanganlar. Ular yil davomida ko‘chib yurishgan. Yaylovlar shimolda tayga chegaralarida, yozda dengiz qirg‘og‘iga yaqin joylarda bo‘lgan. Nenetslarning maxsus o‘rgatilgan cho‘pon itlari podani bo‘rilardan qo‘riqlagan. Ular 2-5 taga qadar bug‘u qo‘shilgan chanalarda qishin-yozin yurishgan. Bug‘uchilik axolisining moddiy madaniyati boy emas lekin u ko‘chmanchi turmush va og‘ir tabiat-iqlimiga mos yaratilgan. Uylari ko‘chma chum-o‘tov bug‘u terilari bilan yopilgan. Idishlari asosan yog‘ochdan bo‘lib faqat qozonni ruslardan o‘zlashtirgan. Kiyimlari kalladan kiyiladigan bo‘lib, bug‘u terisidan qilingan. Etiklari xam-pim deb atalib teridan tikilgan. Chukcha va koryaklarning uylari- «yaranga» deb atalib, asosi turli uzunlikdagi yog‘ochlardan yasalgan, usti xayvon terilari bilan yopilgan. Ichida kub shaklidagi terilardan tikilgan maxsus qoplama bo‘lib, xayvon yog‘larini yondirib uni isitishgan. 5.Nixoyat a rktika ovchilari eskimos, o‘troq chukchalar va koryaklar bo‘lib, ular dengiz xayvonlarini ovlaganlar. Ular asosan Chukotka qirg‘oqlaridagi tyulen va morjlarni ovlashgan. XIX asrdan ular erto‘lalarini tashlab yarangalarda yashay bosh laganlar. An‘anaviy kiyimlari ikki qavat, birinchisi yungi ichida, ikkinchisi yungi tashqariga qilib tikilgan. Ma‘naviy madaniyati. O‘ziga xos diniy-mifologik tasavvurlari bilan mashxurdir. Eng keng tarqalgani- shamanizm. Unda maxsus kishilar shamanlar jazava xolatiga tushib ruxlar yordamida kasallik, ochlik va xokazolar bilan kurashib engishlariga axoli ishongan. Shaman ovning omadini, bolaning eson- omon tug‘ilishini va boshqalarni ta‘minlashi zarur bo‘lgan. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling