O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti alibekov u
Download 1.21 Mb. Pdf ko'rish
|
etnologiya asoslari
1-asosiy savolning bayoni:
Shimoliy Osiyo hududi Rossiya Federatsiyasining Sibir va Uzoq Sharq o‘lkalarini o‘z ichiga oladi. Ushbu xududda qadim zamonlardan o‘ziga xos etnolingvistik jamoalar shakllanib xo‘jalik-madaniy tiplar yaratganlar. Shimoliy Osiyo aholisini o‘rganish uchun umuman etnografiya fani uchun katta axamiyatga ega bo‘lib, uni tadqiq qilish orqali tarixiy taraqqiyot davrida turli ijtimoiy-madaniy xrlatlarni shakllanishini kuzatish imkonini beradi. Etnogenez va etnik tarixi. Bu borada tub aholini qadimiy o‘zaro aloqalargina emas, ularning qo‘shni o‘lkalar, xususan O‘rta Osiyo, Markaziy va Sharqiy Osiyo hududlarida yashovchi axoli bilan etnik madaniyati munosabatlarini o‘rganish katta axamiyat kasb etadi. XX asrning 80-yiliga kelib Shimoliy Osiyodagi 25 mln. kishidan faqat 1 mln.ga yaqini tub axoli vakillaridir. Buryatlar 353 ming, yoqutlar 328 ming, tuvaliklar 166 ming, Sibir tatarlari 100 ming, xakaslar 71 ming, oltoyliklar 60 ming kishidan iborat. Mavjud 24 ta xal qlardan qolganlari «Shimoliy Osiyoning kam sonli aholisi» 150 ming kishidan iborat. Ular orasida nenetslar 129 ming, evenklar 28 ming, xantilar 21 ming, chukchalar 14 ming, evenlar 12 ming, nanaylar 10 ming, mansilar 7,7 ming, koryaklar 7,9 ming kishidan iborat. Sibirning ba‘zi axoli guruxlari aleut, entsalar, orokilar bir necha yuz kishidan iborat. Keyingi davrda Sibirdagi tub axoli orasida o‘z ona tilini biladiganlar soni kamayib bormoqda. Sibir xalqlari: oltoy til oilasining tungus guruxlariga oid. Turk tillariga Sibirning oltoy-sayan xalqlari:-oltoyliklar, tuvaliklar, xakaslar, shorlar, chulimlar, karagaslar va tofalarlar; G‘arbiy Sibirning-tobolliklar, tatarlar, barabinlar, tomlik tatarlar va boshqalar. Shimoliy Sharqda yoqut va dolganlar. Mo‘g‘ul tillarida: asosan buryatlar so‘zlashadilar. Tungus tillarida-evenklar, evenlar, nanaylar (goldlar) ulchalar, xeshdallar, Ussuriya o‘lkasida orochi va udegeylar, Saxalinda orokilar yashashadi. Ural til oilasi. Ugor xalqlari-xanti va mansilar. Samoedlar-selkuplar Ob daryosining o‘rta oqimida, enetslar Eniseyning quyi oqimi, nganasan yoki tavgiylar Taymirda, nenetslar Taymirdan Oq dengizgacha. Samodiylarga oid karagas, koyballar, kamasinlar XVIII-XIX asrlarda turkiy tillarga o‘tishgan. Paleosiyo tillarida chukcha, koryak va itelmenlar so‘zlashadi. Qolganlari mustaqil tillar- ketlar, kolo‘ma yukagirlari, chuvan va nivxlar. Shimoliy Osiyoning barcha tub xalqlari mongoloid irqiga kiradi. Olimlarning fikricha Sibir va Uzoq Sharq o‘lkalari so‘nggi paleolitdan o‘zlashtira boshlangan. Download 1.21 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling