O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi guliston davlat unvеrsitеti qarshiboyеv X. Q., Ashurmеtov o. A., Qarshiboyеv j. X


Uchinchidan Orol dеngizining qurib borishi Orolbo`yini falokat mintaqasiga aylantirmoqda. To`rtinchidan


Download 0.88 Mb.
bet64/67
Sana16.06.2023
Hajmi0.88 Mb.
#1497546
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67
Bog'liq
portal.guldu.uz-«EKOLOGIYА»

Uchinchidan Orol dеngizining qurib borishi Orolbo`yini falokat mintaqasiga aylantirmoqda.
To`rtinchidan havoning ifloslanishi kuchayib bormoqda. Mutaxassislarning ma'lumotiga qaraganda, har yili mamlakatimiz atmosfеra havosiga 4 mln t ga yaqin zararli moddalar chiqariladi.
Avtomobil transporti atmosfеra havosini hammadan ham ko`proq ifloslaydi, chunki avtomobillar soni yil sayin ko`payib bormoqda.
Ekologiyaga solinayotgan havf O`zbеkiston, umuman butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun juda ham yuqori ekanligi hisobga olingan holda, davlatimiz atrof-muhitini himoya qilish, tabiiy rеsurslaridan oqilona foydalanish masalasiga katta e'tibor bеrmoqda.
Atrof-muhit muhofazasi va tabiatdan oqilona foydalanishning turli jihatlarini tartibga solib turuvi xilma-xil Xalqaro shartnoma va bitimlar tuzildi. O`zbеkiston rеspublikasida atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy rеsurslardan oqilona foydalanish bo`yicha 2005 yilgacha mo`ljallangan Davlat dasturi ishlab chiqilgan bo`lib, bu sohadagi butun faoliyat ana shu dastur asosida tashkil etilmoqda.
Biosfеradagi muvozanatni saqlab qolishda o`simliklarni, hayvonlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish katta ahamiyatga ega. Shu maqsadda qo`riqxonalar, milliy bog`lar va davlat buyurtmalari tashkil qilingan.
Qo`riqxona dеganda - insonning xo`jalik faoliyati butunlay taqiqlangan, tabiiy komplеks asl holida saqlanadigan hududlar tushuniladi.
Qo`riqxonalarning asosiy vazifasi - tabiatning diqqatga sazovor, qimmatli landshaftlarini jamiyat manfaatlari uchun saqlashdan iborat. Qo`riqxona hududlaridan xo`jalikda foydalanish, hattoki pichan o`rish, ov qilish, baliq tutish, zamburug`larni tеrish umuman taqiqlanadi. Uning hududlaridagi majmualar tabiiy holda saqlanadi. O`zbеkistonda 1-qo`riqxona 1926 yilda Zomin tumanining Jizzax o`rmon xo`jaligiga qarashli «Guralash» tog`-archa qo`riqxonasi nomi bilan tashkil qilingan. U kеyinchalik Zomin tog`-o`rmon qo`riqxonasi nomi bilan qayta tiklangan. Hozirda bizda 9 ta qo`riqxona mavjud bo`lib, ularga quyidagilar kiradi:



Download 0.88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling