Sinov savollari
Suv reaksiyasini qaysi yo`llar bilan aniqlash mumkin?
Sifatiy va miqdoriy aniqlash usullarining mohiyati nimalardan iborat?
Suvning kimyoviy tarkibini qaysi ko`rsatkichlar ifodalaydi?
Suvdagi nitritlar va nitratlar miqdorini qanday aniqlash mumkin?
Suvdagi sulfatlar miqdorini qanday aniqlash mumkin?
Suvdagi temir miqdorini qanday aniqlash mumkin?
Tajriba ishi 5 Suvning qattiqligini aniqlash va yumshatish
Mashg’ulotning maqsadi: Suv tarkibidagi karbonat miqdorini va umumiy qattiqligini aniqlash usullarini o`rganish.
Mashg’ulotni o`tkazish uchun kerakli asbob-uskunalar, jihozlar va ko`rgazmali qurollar:
Xloridkislotaning 0,1 normal eritmasi;
1 % lito`qsariqmetil eritmasi;
hajmi 100 mllibyuretka;
hajmi 150 mllikonussimonkolba;
Pipetkalar.
Nazariyma`lumotlar
Suvning qattiqligi unda erigan ishqorli kalsiy vamagniymetallarningtuzlarigabog’liqbo`ladi. Ba`zi bir hollarda suvning qattiqligi uning tarkibidagi kaliy, natriy, temir (II), marganes (II), alyuminiy tuzlarining mavjudligi bilan belgilanadi.
Suv qattiqligining oshishi uning organik moddalar bilan ifloslanganligiga ham bog’liq bo`lishi mumkin. Chunki, organik moddalar parchalanganda, ko`mir kislotasi (uglekislota) hosil bo`ladi va bu tuproqdagi qattiq kalsiy va magniy tuzlarining ishqorliy yuvilishini tezlashtiradi.
Suvning qattiqligi 4 xilbo`ladi:
Umumiy qattiqlik;
Karbonat qattiqligi;
Uzatiladigan qattiqlik;
Doimiy qattiqlik.
Suvning umumiyqattiqligi – bu xom suvning qattiqligi bo`lib, suvdagi kaltsiy va magniy tuzlarining umumiy yig’indisi bilan ifodalanadi (belgilanadi).
Do'stlaringiz bilan baham: |