Z=SL50% / Smin (4)
bu erda Smin zaharli moddaning minimal konsentrasiyasi;
SL50% zaharli moddaning shunday konsentrasiyasiki, uning ta’sirida tajriba o’tkazish uchun olingan xayvonlarning 50% i halokatga uchragan.
Ushbu formuladan ko’rinib turibdiki, Smin qancha katta bo’lsa, Z shuncha kichik bo’ladi, demak zaharli modda xavfli hisoblanadi. SHuni alohida ti’kidlash kerakki, RECHKdan tashqari, har bir ifloslantiruvchi manbalar (sex, ishlab chiqarish korxonalari, avtotransport turlari, o’choqlar, ventilyasiyalar va boshqalar) uchun tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasi tomonidan ruxsat etilgan chegaraviy tashlama (RECHT)lari belgilab qo’yiladi. Boshqacha qilib aytganda, har bir korxona yoki yangi loyihalanayotgan sanoat korxonasi uchun atmosfera havosiga chiqariladigan tashlamalarning RECHTsi chegaralab qo’yiladi. RECHTning joriy etilishidan asosiy maksad – zaharli moddalarning atmosfera havosiga chiqarishda ularning miqdori RECHKsidan oshib ketmasligini ta’minlashdan iborat.
RECHT t/yil. yoki g/s lar bilan o’lchanadi. Agar RECHT g/s larda o’lchanadigan bo’lsa, o’lchash davomiyliga 20 minutdan oshmasligi kerak. Agar bitta korxonada yoki bir joyda ko’rilgan korxonalarda ob’ektiv sabablar bilan RECHT miqdori joriy etilmagan bo’lsa, unda tabiatni muhofaza kilish davlat qo’mitasi bilan kelishilgan holda tashlamalarning bosqichma-bosqich kamaytirish chora-tadbirlari ishlab-chiqiladi. Har bir bosqichning muddati belgilanadi va atmosfera havosiga chiqariladigan tashlamalarning miqdori ularning RECHKsiga tenglashtiriladi.
Sanoat korxonalarida RECHK va RECHTlarning joriy etilishi atmosfera havosining musaffoligani saqlashda va xususan, iison sog’ligiga zarar etkazmaslik yo’lida olib boriladigan ishlar va g’amxo’rliklarning katta bir namunasidir.
MA’RUZA №10
Bino va inshootlarning ekologik xavfsizligi
10.1. Atmosfera havosida zaharli moddalar CHMM va CHMCH
10.2. Atmosferani ifloslanishi va uni himoya choralari, gaz va changlarni nazorat qilish usullari(Cm ni va CHMMni hisoblash)
10.3. Atmosferani ifloslanishini kamaytirishga qaratilgan tashkiliy va texnologik chora tadbirlari
Do'stlaringiz bilan baham: |