Aroqning organoleptik ko‘rsatkichlari
4-jadval
Sifat ko‘rsatkichlari
|
Organoleptik tavsifi
|
Tiniqligi
|
Rangsiz, begona qo‘shimchalari bo‘lmagan, yaltirab qo‘rinadigan tiniq suyuqlik.
|
Rangi
|
Rangsiz, tiniq, lekin shaffof emas
Loyqa yoki rangli suyuqlik
|
Hidi (xubo‘yligi)
|
Tekshirilayotgan vodka turiga mos, aniq seziluvchan, begona hidlarsiz
Tekshirilayotgan vodka turiga mos, kuchli seziluvchan
Tekshirilayotgan vodka turiga mos, kuchsiz seziluvchan
Tekshirilayotgan vodka turiga mos emas, begona hidga ega
|
Ta’mi
|
Shu turga mos, toza, mayin, begona ta’mlarsiz.
Shu turga mos, lekin mayin emas.
Shu turga mos, achchiqroq.
Shu turga mos emas, begona ta’mga ega.
|
Aroqning tarkibida spirt miqdorini aniqlashda namuna uchun olingan 20 butilka aroq aralashtiriladi. Keyin esa ana shu aralashmadan olinib, spirt miqdori tekshiriladi. Hamma aroqlar uchun ham ishqorlilik ko‘rsatkich 100 ml da 5,5 ml dan oshmasligi kerakligi belgilab qo‘yilgan.
Aldegidlar miqdori sirka alьdegidiga hisoblaganda 1 l suvsiz spirt tarkibida 8 mg dan oshmasligi standart talabi bo‘yicha o‘rnatilgan ko‘rsatkich hisoblanadi. Sivush moylarining miqdori 1 l suvsiz spirtda 4 mg dan, efir miqdori (sirka etil efiriga hisoblanganda) 30 mg dan ko‘p bo‘lmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Aroq ko‘p darajada qalbakilashtiriladigan mahsulotlar qatoriga kiradi. Shu sababli aroqlar qanday qalbakilashtirilishi to‘g‘risida ma’lumotlarni keltiraiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |