O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi
Download 5.64 Mb. Pdf ko'rish
|
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi g
9-laboratoriya mashg`uloti.
Mavzu: Flash dasturida turli xil Animasiyalar hosil qilish. Ishning maqsadi: Talabalarga Flash texnologiyasida animatsiyalar hosil qilishni o`rgatish. Nazariya bo`yicha qisqacha ma’lumot Flash dasturi yordamida interaktiv tugma yaratish uchun dasturni ishga tushiramiz va Layer 1 qatlamida oq fon rangli ishchi oynada ihtiyoriy rangda doira hosil qilamiz va uni belgilab olib Modify-Convert to Symbol-Movie Clip-OK amalini bajaramiz. Natijada obyekt Movie Clip holatiga o‘tadi. Obyektning ustiga sichqonchaning chap tugmasini 2 marotaba bosamiz. Timeline oynasiga o‘tib doira 228 joylashgan Layer 1 ni 10-kadrgacha uzaytiramiz (F5 tugmasi orqali). Doirani belgilab Modify-Convert to Symbol-Button-OK amalini bajaramiz. Properties oynasini faollashtirib bo‘limiga enter_btn so‘zini kiritamiz. Keyin esa Timeline oynasiga o‘tib Layer 2 ni hosil qilamiz. Ushbu qatlamda “tugma” so‘zini oq rangda hosil qilamiz (so‘z doiraning chap tomoniga joylashadi). So‘zni belgilab Modify-Convert to Symbol-Movie Clip-OK amalini bajaramiz. 1-kadrni belgilab 10-kadrgacha uzaytiramiz, 10-kadrni belgilab F6 tugmasini bosamiz va “tugma” so‘zining rangini qoraga (rang ihtiyoriy tanlanadi) o‘zgartiramiz. 1-kadrni belgilab kontekstli menyuni chaqiramiz va Create Motion Tween ni tanlaymiz. Natijada “tugma” so‘zining rangi avtomatik tarzda oqdan qoraga o‘zgaradigan holatga o‘tadi. Timeline oynasiga o‘tib Layer 3 ni hosil qilamiz. Ushbu qatlamda 3 ta bo‘sh kadr yaratamiz(1-kadr belgilanib F5 tudmasi 2 marotaba bosiladi). 4-kadrga o‘tib F6 tugmasi bosiladi va ishchi oynada “tugma” so‘zining ostiga doiraga qadar chiziq chizamiz. Chiziqni belgilab olib Modify-Convert to Symbol-Movie Clip-OK amalini bajaramiz. Ketma-ket 4-kadrdan boshlab 10kadrgacha 7 ta kadr yaratamiz. 5-,7- va 9- kadrlardan chiziqni o‘chirib tashlaymiz. Buning uchun kerakli kadrni belgilab Delete tugmasini bosamiz. Natijada chiziq “lippillovchi” holatga keladi. Ishchi oynaning bo‘sh joyiga sichqonchaning chap tugmasini 2 marotaba bosamiz. Natijada Timeline oynasida faqat Layer 1 paydo bo‘ladi. Ishchi sohadagi obyektni belgilab Actions oynasiga o‘tamiz. Actions oynasining ishchi sohasiga quyidagi dastur kodini kiritamiz. onClipEvent (enterFrame) { if (go) {nextFrame();} else { prevFrame(); } } onClipEvent (load) { var go; stop(); enter_btn.onRollOver = function() { go = true; }; enter_btn.onRollOut = function() {go = false; }; } Hosil bo‘lgan animatsiyani Ctrl+Enter tugmalarini bosgan holda ko‘rishimiz mumkin. Macromedia Flash dasturida audio fayllar bilan ishlash Macromedia Flash dasturi mp3, wav, aif va au kengaytmali audio fayllarni qo`llab quvvatlaydi. Audio fayllardan Flash dasturining Button va Movie Clip obyektlarida, animatsiya yaratish jarayonida hamda elektron ta’lim resurslari va o`yinlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin. Elektron ta’lim resurslarini yaratishda audio fayllardan foydalanish ta’lim resurslariga bo`lgan qiziqishlarni oshiradi. Foydalanuvchilarning etiborini jalb qiladi. Quyida audio fayllardan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling