O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi
foydalanib bir nechta mashqlar bajaramiz. Misol
Download 5.64 Mb. Pdf ko'rish
|
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi g
229 foydalanib bir nechta mashqlar bajaramiz. Misol. Kadrlarga audio fayl joylashtirish. Flash dasturini ishga tushiramiz. Kerakli bo`lgan audio faylni import amali yordamida dasturga yuklaymiz. File menyusidan Import – Import to library… amalini bajaramiz. Hosil bo`lgan Import to library muloqot oynasidan tegishli faylni belgilab Открыть tugmasini bosamiz. Natijada belgilangan fayl loyiha kutubxonasi (Library) oynasida hosil bo`ladi. Faylni sichqoncha chap tugmasi orqali ushlab ishchi oynaga joylashtiramiz. Natijada joriy kadrlarda tebranishlarni ifodalovchi belgilar paydo bo`ladi. Hosil bo‘lgan loyihani Ctrl+Enter tugmalarini bosish orqali ko‘rish mumkin. Faylni kompyuter xotirasiga saqlaymiz Ctrl+S. Faylga nom berib (ovoz1), saqlanish joyini ko‘rsatamiz va сохранить tugmasini bosamiz. Faylni animatsiya holatida saqlash uchun Fayl menyusi Export – Export movie buyrug‘ini yoki klaviaturadan Ctrl+Alt+Shift+S tugmalarini bosamiz. Faylga nom berib, saqlanish joyini ko‘rsatamiz. Fayl turiga Flash Movie (*.swf) ni tanlab сохранить tugmasini bosamiz. Fayl turi sifatifa *.gif, *.avi, *.mov, *.eps, *.jpg, … turlarni tanlash mumkin. Yaratilgan faylni *.exe ko‘rinishida ham saqlash mumkin. Buning uchun Fayl menyusining Publish Settings… bo‘limi tanlanadi. Ochilgan muloqot oynasining Formats bo‘limiga kiramiz. Oynaning Windows Projector (*.exe) yozuvi oldidagi katakchasiga belgi (bayroqcha) qo‘yamiz va Publish tugmasini bosamiz. Natijada fayl saqlangan papkada *.exe fayl kengaytmasidagi fayl paydo bo‘ladi. Bizning misolda esa ovoz1.exe fayli yaratiladi. Misol. Button obyektida audio fayllardan foydalanish. Flash dasturiga zaruriy audio faylni yuklab olamiz va Button tugmasi yaratamiz. Button yaratish uchun birorta shakl chizib olamiz. Shaklni belgilab kontekstli menyuni chaqiramiz va Convert to Symbol amalini bajaramiz. Hosil bo`lgan oynadan button bandini belgilaymiz, obyektga nom berib (tugma) OK tugmasini bosamiz. Button tayyorlash yuqorida ko`rsatib o`tilgan. Bilamizki buttonda uchta kadr mavjud. Bu uchala kadrga ham ovozli fayllarni joylashtish mumkin. Uchta kadrda ovozning ijro etilishi xolati turlicha bo`ladi. Ya’ni, Up 230 kadriga faylni joylashtirsak audio fayl doimiy ijro etiladi. Agar Down kadriga joylashtirsak audio fayl tugma bosilganda ijro etiladi. Agarda audio faylni Over kadriga joylashtirsak, sichqoncha tugma ustiga borganda fayl ijro etiladi. Hosil bo‘lgan loyihani Ctrl+Enter tugmalarini bosish orqali ko‘rish mumkin. Odatiy musiqa1 fayli ijro etiladi. Ok tugmasi ustiga sichqoncha belgisi chiqsa musiqa2 fayli va Ok tugmasi bosilsa musiqa3 fayli ijro etiladi. Misol. Kompyuter qurilmalari haqida o`yin tayyorlash. Kompyuterning asosiy va qo`shimcha qurilmalarini topish bo`yicha o`yin tayyorlaymiz. Buning uchun bizga kompyuter qurilmalarining rasmlari va javob to`g`ri yoki noto`g`ri ekanligini bildiruvchi audio fayl kerak bo`ladi. Quyidagicha sahifani tayyorlaymiz: Har bir qurilma rasmini button obyektiga aylantiramiz. Asosiy qurilmalar tugmalarining Down kadriga javob to`g`ri ekanligini anglatuvchi audio faylni, qo`shimcha tugmalarga esa javob noto`g`ri ekanligini anglatuvchi audio fayllarni joylashtirib chiqamiz. 231 Hosil bo‘lgan loyihani Ctrl+Enter tugmalarini bosish orqali ko‘rish mumkin. Agar asosiy qurilmalar tanlansa javob to`g`ri ekanligini bildiruvchi ovoz ijro etiladi. Agar qo`shimcha qurilmalar tanlansa javob noto`g`ri ekanligini bildiruvchi ovoz ijro etiladi. Bu loyihani kompyuterning qo`shimcha qurilmalari uchun ham tayyorlash mumkin. Bunda faqat audio fayllarning joyi almashadi. Flashning audio imkoniyatlaridan foydalanib bog`cha tarbiyalanuvchilari uchun ham turli loyihalar tayyorlash mumkin. Masalan mevalar, hayvonlar, ranglar va hokozalarning nomini aytadigan dasturlar yaratish mumkin. Biz quyida mevalar haqida loyiha tayyorlashni aytib o`tamiz. Misol. Mevalar o`yini. Buning uchun bizga turli mevalarning tasvirlari hamda ularning nomini aytuvchi audio fayllar kerak bo`ladi. Barcha kerakli obyektlarni Flashning kutubxonasiga yuklab olamiz. Mevalarning tasvirlarini ishchi oynaga joylashtirib ularni buttonga aylantiramiz. Buttonlarning Down kadriga tegishli audio fayllarni joylashtirib chiqamiz. Hosil bo‘lgan loyihani Ctrl+Enter tugmalarini bosish orqali ko‘rish mumkin. Mevalar sichqoncha yordamida chertilsa, ularning nomi aytiladi. Download 5.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling