170
•
Tarmoq kartochkasi – kompyuterlarni LXTga ulash imkonini
beruvchi maxsus qurilma. LXT bir necha kompyuterni birlashtiradi va ularda
o‘zaro ma’lumot almashish imkonini beradi.
•
HUB – tarmoqdagi kompyuterlarni bog‘lash uchun xizmat qiladigan
maxsus qurilma. Ularning 10 Mbit|s, 10|100 Mbit|s va 100M bit|s tezlikka ega
bo‘lgan turlari mavjud.
Kompyuter tuzilishiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi. Stol kompyuterlari - PI,
PII, PIII. PIV, Duron, Atlon, Atlon XP va hokazo, Noutbuklar – PI, PII, PIII,
PIV, P Celeron va cho‘ntak kompyuterlari.
Kompyuter va uning qurilmalarining ish tartibi maxsus dasturiy
ta’minotlar bilan amalga oshadi. Bu dasturlar dasturchilar tomonidan yaratiladi.
Ular kompyuterning dasturiy ta’minoti deb ataladi. Ular 3 turga bo‘linadi.
Operatsion tizim, amaliy dasturlar va dasturlash tillari.
•
Operatsion tizim kompyuter va inson o‘rtasidagi muloqotni
ta’minlaydi. Bizda asosan quyidagi operatsion tizimlar keng tarqalgan. Windows
95, 98, 2000, XP, NT, Lunix, Unix, OS|2 va boshqalar.
•
Iqtisodiyotning biror bir sohasini avtomatlashtirish va foydalanuvchilar
bajarishi lozim bo‘lgan ishlarni osonlashtirish yo‘lida tuzilgan dasturlar amaliy
dasturlar deyiladi.
•
Dasturlash tillaridan dasturchilar har xil amaliy dasturlar tuzishda
foydalanadi. Ular Clipper, Delphi, Clarion, Visual Basic va boshqalardir.
TOPSHIRIQ №1
1.
Protsessorlarning turlari va ularni o‘rnatish tartibi.
2.
Vinchestrlarning turlari va ularni ishga tayyorlash.
3.
Asosiy plataning turlari va ularni ishga tayyorlash.
4.
Operativ xotira turlari va ularni o‘rnatish.
5.
Modem qurilmasining ishlash tartibi, turlari va ularni sozlash.
6.
Skanerlar va ular bilan ishlash.
7.
Printerlarning turlari, ularni o‘rnatish tartibi va ular ustida
profilaktika ishlarini bajarish.
8.
Multimedia vositalari va ulardan foydalanish tartibi.
9.
Operatsion tizimlar va ularni o‘rnatish.
10.
Antivirus dasturlari va ularni ishlash tartibi.
11.
CD-RW qurilmasi va uni ishlatish tartibi.
12.
Serial, Parallel va USB portlar va ulardan foydalanish
tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |