169
LABORATORIYA ISHI № 2,3
Mavzu: Tizimli blokka texnik qurilmalarni ulash portlari bilan tanishish,
ularni ulab ko‘rish, kompyuterga qo‘shimcha qurilmani o‘rnatish.
Laboratoria
mashg‘ulotining
maqsadi:
Talabalarni
shaxsiy
kompyuterlarning ichki va tashqi qurilmalarining ishlash tartibi bilan
tanishtirish. Ularni o‘rnatish va sozlash ishlariga ko‘nikmalar hosil qildirish.
NAZARIY QISM
Kompyuterlarni ishlab chiqarish ochiq arxitektura prinsipiga asoslangan
bo‘lib, ular ichki va tashqi qurilmalardan tashkil topgan.
Misol tariqasida
ba’zilari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
•
Mother Board – asosiy plata bo‘lib, barcha ichki qurilmalar shu plata
yordamida bir-biri bilan bog‘langan.
•
Monitor – sistemalar bloki ichida bajarilayotgan topshiriqlarni
bajarilish jarayonini inson tomonidan bevosita kuzatib borish uchun xizmat
qiladi.
•
Klaviatura – Belgilarni kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladi.
•
Mikroprotsessor – kompyuter ishlashini ta’minlaydigan va kompyuter
qurilmalari ishini boshqaradigan qurilma. U kompyuterning
ishlash tezligini
aniqlaydi.
Hozirgi
kunda
kompyuterlar
uchun
bir
nechta
firmalar
mikroprotsessorlar ishlab chiqarmoqda. Ulardan INTEL, CYRIX, RISK,
AMDlarni sanab o‘tishimiz mumkin.
•
Operativ xotira – mikroprotsessor va tashqi xotira o‘rtasida
ma’lumotlar almashinuvi va ularni qayta ishlashini muvofiqlashtiruvchi xotira
yacheykalaridir.
•
Tashqi xotira – ma’lumotlar saqlanadigan maxsus qirilmalardir.
Ulardan
biri qattiq disk yoki vinchestrdir. Qattiq disk yoki
vinchestr hajm va
ma’lumotlar almashinuvi tezliklari bilan farqlanadi.
•
Printer – bu kompyuterdagi ma’lumotlarni qog‘ozga
chop etuvchi
qurilma. Ular matn, tasvir, jadval, sxema yoki diagrammalar bo‘lishi mumkin.
Hozirgi kunda zarbli, lazerli va siyohli printerlar mavjud.
Lazerli va siyohli
printerlarning oq-qora va rangli turlari mavjud.
•
Skaner – qog‘ozdagi matnli yoki tasvirli ma’lumotlarni kompyuterga
kiritish uchun xizmat qiladi. Skanerlar hajmi, ishlash
sifati va tezligi bilan
farqlanadi.
•
Faks-modem – telefon tarmog‘i orqali tashqi tarmoqdagi boshqa
kompyuter bilan ma’lumot almashinuvni ta’minlaydi. Ichki va tashqi faks
modemlar mavjud. Faks modemlar ma’lumotlarni uzatish tezligi va sifati bilan
farqlanadi.