O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi
Microsoft Power Point, Приложение Microsoft Power Point (2), Приложение
Download 5.64 Mb. Pdf ko'rish
|
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi g
- Bu sahifa navigatsiya:
- Отправить Диск 3,5 (А) buyrug‘ini bering. Natijada faol disketda Talabalar ro‘yxati
Microsoft Power Point, Приложение Microsoft Power Point (2), Приложение
Microsoft Power Point (3) va h.k. nomlarini beradi. 5. Windows XP ish stolida Microsoft Accsess ilovacining yangi fayllarini tuzish Ish stolida Microsoft Accsess ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi dasturining “Guruh ma’lumoti” nomli yangi faylini tuzing. Bajarish usuli: Windows ish stolini faollashtiring va uning bo‘sh joyida "sichqoncha"ning o‘ng klavishini bosib kontekst menyuni oching. Kontekst menyudagi buyruqlar ro‘yxatidan Создать Приложение Microsoft Accsess ni faollashtirib "sichqoncha"ning chap klavishini bosing. Natijada ish stoliga Приложение Microsoft Accsess yozuvi bilan ko‘rinishdagi yangi nishoncha o‘rnatiladi. Ish stolida yangi faylni “Guruh ma’lumoti” nomi bilan rasmiylashtiring. 197 TOPSHIRIQ №6. 1. Windows XP ish stolida ilova va dasturlarining yangi fayllarini tuzish Windows ish stolida: Точечный рисунок ilovasining yangi faylini tuzing. Текстовый документ ilovasining yangi faylini tuzing. Звук Wav ilovasining yangi faylini tuzing. Topshiriqni har bir ilova uchun alohida-alohida bajaring. Yangi fayllarni tegishli biror-bir nom bilan nomlang. Bajarilgan ishlar ketma-ketligini daftaringizga yozib oling va izohlang. 2. Windows XP ish stolida fayl nomini o‘zgartirish Ish stolidagi “Talabalar ro‘yxati” nomli faylni “Fakultet talabalar ro‘yxati” yangi nom bilan rasmiylashtiring. Bajarish usuli: 1.Windows ish stolini faollashtiring. 2.Windows XP ish stolida “Talabalar ro‘yxati” nomli faylni faollashtiring va "sichqoncha"ning o‘ng klavishini tugmasini bosib kontekst menyuni oching. 3.Kontekst menyudagi buyruqlar ro‘yxatidan Pereimenovat buyrug‘ini bering. Natijada faollashtirilgan papka nomi yozilgan to‘rtburchak maydonchada “Talabalar ro‘yxati” so‘zi yozilgan matn faollashadi. Bu matn o‘rniga “Fakultet talabalar ro‘yxati”ni yozib, klaviaturadan Enter klavishini yoki "sichqoncha"ning chap klavishini bosing. 3. Windows XP ish stolida fayl (ob’ekt)larni siljitish Ish stolidagi “Talabalar ro‘yxati” nomli faylni siljiting. Bu yerda ham ish stoli oynasida faylning joylashgan o‘rnini o‘zgartirish nazarda tutiladi. Bajarish usuli: 1.Windows XP ish stolida “Talabalar ro‘yxati” nomli faylni faollashtiring va “sichqoncha”ning chap klavishini bosib turgan holda oynaning sathi bo‘ylab siljiting. 2."Sichqoncha"ning chap klavishini qo‘yib yuboring. 3.Bu ishni bir-necha marotaba takrorlang va ko‘nikma hosil qiling. Windows XP ish stolida papka, fayl va ob’ektlardan nusxa olish Ko‘rsatma. Ish stolida papka, fayl va boshqa ob’ektlardan nusxa olish bir xil amallarning ketma-ketligini bajarish orqali amalga oshiriladi. Topshiriq. Ish stolidagi “Talabalar ro‘yxati” nomli faylni nusxasini “Talaba” nomli papkaga joylashtiring. Bajarish usuli: Windows ish stolini faollashtiring. Windows XP ish stolida “Talabalar ro‘yxati” nomli faylni faollashtiring va “sichqoncha”ning o‘ng klavishini bosib kontekst menyuni oching. Kontekst menyudagi buyruqlar ro‘yxatidan Копировать buyrug‘ini bering. 198 Windows XP ish stolida “Talaba” nomli papkani faollashtiring va “sichqoncha”ning o‘ng klavishini bosib kontekst menyuni ochib Vstavit buyrug‘ini bering. Natijada “Talaba” papkasiga “Talabalar ro‘yxati” nomli faylining nusxasi qo‘yiladi. Windows XP ish stolidagi papka, fayl va ob’ektlarning nusxalarini disketga yozish Ko‘rsatma. Ish stolida papka, fayl va boshqa ob’ektlarning nusxalarini disketga yozish bir xil amallarning ketma-ketligini bajarish orqali amalga oshiriladi. Topshiriq. Ish stolidagi “Talabalar ro‘yxati” nomli faylni nusxasini disketga joylashtiring. Bajarish usuli: Sistemalar blokini disk yurituvchi (diskovod)si moslamasiga disketni joylashtiring. Windows ish stolini faollashtiring. Windows XP ish stolida “Talabalar ro‘yxati” nomli faylni faollashtiring va “sichqoncha”ning o‘ng klavishini bosib kontekst menyuni oching. 1. Kontekst menyudagi buyruqlar ro‘yxatidan Отправить Диск 3,5 (А) buyrug‘ini bering. Natijada faol disketda Talabalar ro‘yxati nomli faylining nusxasi qo‘yiladi. 5. Windows XP ish stolidagi papka, fayl va ob’ektlarning nusxalarini “Мои документы” papkasida hosil qilish Bu ishni ish stolidagi birorta fayl misolida ko‘rib chiqamiz. Topshiriq. Ish stolidagi “Talabalar ro‘yxati” nomli faylni nusxasini Мои документы papkasiga joylashtiring. Bajarish usuli: Windows ish stolini faollashtiring. Windows XP ish stolida “Talabalar ro‘yxati” nomli faylni faollashtiring va "sichqoncha"ning o‘ng klavishini bosib kontekst menyuni oching. Kontekst menyudagi buyruqlar ro‘yxatidan Отправить Мои документы buyrug‘ini bering. Natijada Мои документы papkasiga “Talabalar ro‘yxati” nomli faylining nusxasi qo‘yiladi. Download 5.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling