O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi
группам buyruqlarini ketma-ket bering va ularning vazifalarini tavsiflang
Download 5.64 Mb. Pdf ko'rish
|
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi g
- Bu sahifa navigatsiya:
- Мои документы
- Microsoft Power Point
группам buyruqlarini ketma-ket bering va ularning vazifalarini tavsiflang.
4. Мои документы papkasida “Institut fakultetlari” nomda yangi papka tuzing va uning tarkibida “Agronomiya fakulteti”, “Iqtisodiyot fakulteti”, “Veterinariya fakulteti” nomlarida qism papkalar yarating. 5.Мои документы papkasidagi faylar nusxasini yangi tuzilgan papkalarga joylashtiring va ular ustida qayta nomlash, ko‘chirish, kesib tashlash(yo‘qotish) ishlarini bajaring. 2. Windows XP ish stolida Microsoft Word ilovacining yangi fayllarini tuzish. Ish stolida Microsoft Word ilovasining “Talabalar ro‘yxati” nomli yangi faylini tuzing. Bajarish usuli: Windows ish stolini faollashtiring. Windows ish stolining bo‘sh joyida "sichqoncha"ning o‘ng klavishini bosib kontekst menyuni oching. Kontekst menyudagi buyruqlar ro‘yxatidan Создать Документ Microsoft Word ni faollashtirib "sichqoncha"ning chap klavishini bosing. Natijada ish stoliga Документ 195 Microsoft Word yozuvi bilan ko‘rinishdagi yangi nishoncha o‘rnatiladi. Ish stolida yangi faylni “Talabalar ro‘yxati” nomi bilan rasmiylashtiring. Buning uchun Документ Microsoft Word yozuvini klaviaturadagi Delete klavishi bilan o‘chiring va o‘rniga “Talabalar ro‘yxati”ni yozib, klaviaturadan Enter klavishini yoki “sichqoncha”ning o‘ng klavishini bosing. Natijada Siz ish stolida “Talabalar ro‘yxati” nomli Word matn muharririning yangi faylini tuzdingiz. Eslatma. Ish stolida Microsoft Word ilovasida ketma-ket yangi fayllar ochilsa, ularga operatsion tizim mos ravishda avtomatik tarzda Документ Microsoft Word, Документ Microsoft Word (2), Документ Microsoft Word (3) va h.q nomlarini beradi. Ish stolida Microsoft Word ilovasi “Talabalar ro‘yxati” faylini faollashtiring. “Sichqoncha”ning o‘ng klavishini bosib kontekst menyuni oching. Kontekst menyudagi buyruqlar ro‘yxatidan Открыть buyrug‘ini bering. Natijada Talabalar ro‘yxati - Microsoft Word nomli matn muharriri yuklanadi. Muharrirda guruhingiz talabalarining ro‘yxatini yoki faoliyatingizga oid birorta matnni yozing. Файл menyusidan Сохранить buyrug‘ini berib, faylni kompyuter xotirasiga yozing. Microsoft Word dasturida ishni yakunlang. Buning uchun oynadan Закрыть tugmasini bosing yoki Файл menyusidan shu nomdagi buyruqni bering. 3. Windows XP ish stolida Microsoft Excel ilovacining yangi fayllarini tuzish. Ish stolida Microsoft Excel elektron jadvalining “Ish haqi” nomli yangi faylini tuzing. Bajarish usuli: Windows ish stolini faollashtiring. Windows ish stolining bo‘sh joyida “sichqoncha”ning o‘ng klavishini bosib kontekst menyuni oching. Kontekst menyudagi buyruqlar ro‘yxatidan Создать Лист Microsoft Excel ni faollashtirib “sichqoncha”ning o‘ng klavishini bosing. Natijada ish stoliga Лист Microsoft Excel yozuvi bilan ko‘rinishdagi yangi nishoncha o‘rnatiladi. Ish stolida yangi faylni “Ish haqi” nomi bilan rasmiylashtiring. Buning uchun Лист Microsoft Excel yozuvini klaviaturadagi Delete klavishi bilan o‘chiring va o‘rniga «Ish haqi» matnini yozib, klaviaturadan Enter klavishini yoki “sichqoncha”ni chap klavishini bosing. Natijada Siz ish stolida Ish haqi nomli Microsoft Excel ilovasining yangi faylini tuzdingiz. Ish stolida Microsoft Excel ilovasi “Ish haqi” faylini faollashtiring. "Sichqoncha"ni o‘ng klavishini bosib kontekst menyuni oching. Kontekst menyudagi buyruqlar ro‘yxatidan Открыть buyrug‘ini bering. Natijada Ish haqi - Microsoft Excel nomli elektron jadvali yuklanadi. Elektron jadvalda guruhingiz talabalarining paxta terimi ma’lumotlari bo‘yicha kichikroq jadval tuzing. 196 Fayl menyusidan Сохранить buyrug‘ini berib, faylni kompyuter xotirasiga yozing. Microsoft Excel dasturida ish yakunlang. Buning uchun oynadan Закрыть tugmasini bosing yoki Fayl menyusidan shu nomdagi buyruqni bering. Eslatma. Ish stolida Microsoft Excel ilovasida ketma-ket yangi fayllar ochilsa, ularga operatsion tizim mos ravishda avtomatik tarzda Лист Microsoft Excel, Лист Microsoft Excel (2), Лист Microsoft Excel (3) va h.q nomlarini beradi. 4. Windows XP ish stolida Microsoft Power Point ilovacining yangi fayllarini tuzish Ish stolida Microsoft Power Point taqdimot dasturining “Guruh taqdimoti” nomli yangi faylini tuzing. Bajarish usuli: Windows ish stolini faollashtiring va uning bo‘sh joyida "sichqoncha"ni o‘ng klavishini bosib kontekst menyuni oching. Kontekst menyudagi buyruqlar ro‘yxatidan Создать Приложение Microsoft Power Point ni faollashtirib “sichqoncha”ning chap klavishini bosing. Natijada ish stoliga Приложение Microsoft Power Point yozuvi bilan ko‘rinishdagi yangi nishoncha o‘rnatiladi. Ish stolida yangi faylni “Guruh taqdimoti” nomi bilan rasmiylashtiring. Buning uchun Приложение Microsoft Power Point yozuvini klaviaturadagi Delete klavishi bilan o‘chiring va o‘rniga “Guruh taqdimoti” matnini yozib, klaviaturadan Enter klavishini yoki “sichqoncha”ning chap klavishini bosing. Natijada Siz ish stolida “Guruh taqdimoti” nomli Microsoft Power Point taqdimot dasturining yangi faylini tuzdingiz. Eslatma. Ish stolida Microsoft Power Point ilovasida ham ketma-ket yangi fayllar ochilsa, ularga operatsion tizim mos ravishda avtomatik tarzda Приложение Download 5.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling