O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi
Download 5.64 Mb. Pdf ko'rish
|
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi g
Registr
1: 1 - son va natija Registr 2 : 2 - son va natija Summator Bosh qaris h sxem asi И нстр укция к од шина с Маълу - мотлар код Bir xonali kombinatsion jamlagich – kirish yo‘llariga qo‘shiluvchilarning kodlari bir vaqtda berilish bilan chiqish yo‘llarida yig‘indi va keyingi (katta) xonaga ko‘chirish qiymati signalini hosil qiluvchi qurilma. Qo‘shiluvchilarning signallaridan biri olib tashlanishi bilan kombinatsion jamlagichning chiqish yo‘lidagi yig‘indi qiymati yo‘qoladi. Bir xonali to‘plovchi jamlagich – xotirlash elementlari (odatda triggerlar) asosida ko‘riladi. Kirish yo‘liga ketma-ket berilgan qo‘shiluvchilarning kodlari jamlagichda yig‘indi ko‘rinishida to‘planadi va signallar berilishi to‘xtatilsa ham unda saqlanadi. Ko‘p xonali sonlarni jamlash usuli bo‘yicha jamlagichlar ketma-ket va parallel jamlagichlarga bo‘linadi. Ko‘p xonali ketma-ket jamlagich qo‘shiluvchilarning ketma-ket kodini ular yig‘indisining ketma-ket kodiga aylantiradi. Ikkita ko‘p xonali sonlarni qo‘shish kichik xonadan boshlanib ketma-ket xonalar bo‘yicha bajariladi. Parallel jamlagichlar – parallel jamlagichlar soni qo‘shiluvchilar xonalarining soniga teng bo‘lgan bir xonali jamlagichlar asosida ko‘rilib, unda qo‘shiluvchilar kodining hamma xonalari bir vaqtda ishlanadi. Ishlatiladigan bir xonali jamlagichlarning xiliga qarab kombinatsion va to‘plovchi parallel jamlagichlar bo‘ladi. Kombinatsion jamlagich asosida to‘plovchi jamlagichlarni tuzish xotirlash registrlarining ishlatilishini taqozo qiladi. To‘plovchi jamlagichlarda qo‘shish jarayonining yana bir usuli guruhli ko‘chirishni tashkil qilishdir. Bu usulga binoan jamlagich xonalar guruhiga ajratilib, har bir guruh bilan bitta kon’yunktor bog‘langan bo‘ladi. Son xonalari jamlangandan so‘ng jamlagichlarning trigerlar guruhi «1» holatida bo‘lsa, kon’yunktor ochiladi. Bu holda trigerlar guruhidan uzatilgan ko‘chirish qiymati signali bu kon’yunktordan o‘tadi. Natijani ketma-ket to‘plashni talab qiluvchi amallarni (masalan ko‘paytirish, bo‘lish) bajarishda qo‘shishni tezlatish uchun ko‘chirish qiymati signallarini xotirada saqlovchi jamlagichlar ishlatiladi. Bunday jamlagichlar ikkita registrdan iborat bo‘lib, birida qo‘shishning oraliq natijasi saqlansa, ikkinchisida ko‘chirish qiymati saqlanadi. Shartli ko‘chirishni tashkil qilish uchun jamlagich ikkita teng qismga bo‘linadi va katta xonalarida birlashtiruvchi qismi takrorlanadi. Shartli ko‘chirishli jamlagichlarda ko‘chirish qiymati signalining tarqalishi vaqti nisbatan ikki marta kamayadi. Sinxron jamlagichlar xuddi parallel jamlagichlardek, bunday jamlagichlarda istalgan ikkita sonni jamlash uchun eng katta, ya’ni eng qiyin holatda kerak bo‘ladigan vaqt ajratiladi va bu vaqt ko‘pincha samarasiz ishlatiladi. Istalgan ikkita sonni jamlash uchun kerakli vaqtda ajratiladigan jamlagichlar asinxron jamlagichlar deb yuritiladi. Bu jamlagichlarda maxsus zanjirlar mavjud bo‘lib, ular ko‘chirish qiymati signalining tarqalishi tugallanganlagini aniqlaydi. Bu tipdagi jamlagichlar umumiy ishlarga mo‘ljallangan EHMlarda ishlatiladi. Masala yechilishi vaqti qat’iy belgilangan va son kodlariga bog‘liq bo‘lmagan, ixtisoslashtirilgan EHMlarda asinxron jamlagichlarning ishlatilishi noo‘rin hisoblanadi. Registr - har xil uzunlikdagi yacheyka xotirasining tezligi, registr1, ikkilik so‘z razryadiga ega. Registr2 esa so‘z razryadligiga ega. Registr1 operatsiya bajarganda, shu operatsiyaga qatnashgan birinchi son joylashadi, operatsiya tugagandan so‘ng natija e’lon qilinadi. Registr2 da operatsiyada qatnashuvchi ikkinchi son (operatsiya tugash vaqtida axborot o‘zgarmaydi). Registr1 ma’lumotlar shinasi kodlardagi axborotlarni qabul qiladi va ularga axborotni yetkazib beradi. Registr2 shu shinalardan axborotni qabul qiladi. Download 5.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling