O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti axborot texnologiyalari kafedrasi
Download 5.64 Mb. Pdf ko'rish
|
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta�lim vazirligi g
Xususiyat
Izoh Color kalendar fon rangi Day joriy kunni kiritish Month joriy oyni kiritish StartOfWeek hafta boshini tanlash. (odatda 0 - воскресенье) UseCurrentDate joriy (bugungi) sanani tanlash Year joriy yilni kiritish Misol. Delphi dasturida kalendar tayyorlash. Buning uchun forma oynasiga bitta Calendar, bitta SpinEdit va Bitta ComboBox komponentalarini joylashtiramiz. ComboBox1 komponentasining Items bo`limiga 12 ta oy (Yanvar- Fevral) nomlarini kiritib chiqamiz. SpinEdit1 komponentasining dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz: procedure TForm1.SpinEdit1Change(Sender: TObject); begin Calendar1.Year:=SpinEdit1.V alue; end; ComboBox1 komponentasining dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz: procedure TForm1.ComboBox1Change(Sender: TObject); begin Calendar1.Month:=ComboBox1.ItemInde x+1; end; Form oynasining dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz: procedure TForm1.FormCreate(Sender: TObject); begin ComboBox1.ItemIndex:=Calendar1.Month-1; SpinEdit1.Value:=Calendar1. Year; end; Loyihani kompyuter xotirasiga saqlaymiz va F9 tugmasini bosamiz. Natijada kalendar paydo bo`ladi. ComboBox1 komponentasining ro`yxatidan joriy oyni, SpinEdit komponentasi orqali esa kerakli yilni tanlash mumkin. Borland Delphi 7 dasturlash muhitida ShellTreeView, ShellComboBox va ShellListView komponentalaridan foydalanib “Проводник” dasturini tayyorlash. Ushbu bo`limda ShellTreeView, ShellComboBox, ShellListView komponentalari to`g`risida ma’lumot beramiz. Delphi dasturining ShellTreeView komponentasi kataloglar daraxtini hosil qiladi. ShellComboBox komponentasi kataloglar ro`yxatini hosil qiladi. ShellListView komponentasi katalog tarkibidagi obyektlarni ko`rsatuvchi ro`yxat hosil qiladi. Misol. Forma oynasiga ShellTreeView, ShellComboBox, ShellListView va to`rtta SpeedButton komponentalarini joylashtiramiz. Button tugmalarini Icon, List, Report va SmallIcon deb nomlaymiz. ShellTreeView komponentasining ShellComboBox xususiyatiga ShellComboBox1 ni, ShellListView xususiyatiga esa ShellListView1 ni, Root xususiyatiga rfDesktop ni kiritamiz. ShellComboBox komponentasining ShellTreeView xususiyatiga ShellTreeView1 ni, ShellListView xususiyatiga esa ShellListView1 ni kiritamiz. ShellListView komponentasining ShellTreeView xususiyatiga ShellTreeView1 ni, ShellComboBox xususiyatiga ShellComboBox1 ni kiritamiz. Natijada ushbu komponentalar o`zaro bog`lanadi. Icon tugmasining dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz: procedure TForm1.SpeedButton1Click(Sender: TObject); begin ShellListView1.ViewStyle:=v sIcon; end; List tugmasining dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz: procedure TForm1.SpeedButton2Click(Sender: TObject); begin ShellListView1.ViewStyle:=v sList; end; Report tugmasining dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz: procedure TForm1.SpeedButton3Click(Sender: TObject); begin ShellListView1.ViewStyle:=v sReport; end; SmallIcon tugmasining dasturlash qatoriga quyidagilarni kiritamiz: procedure TForm1.SpeedButton4Click(Sender: TObject); begin ShellListView1.ViewStyle:=vsSmall Icon; end; Loyihani kompyuter xotirasiga saqlaymiz va F9 tugmasini bosamiz. Natijada mini provodnik dasturi ishga tushadi. ShellTreeView yoki ShellComboBox komponentalaridan kerakli katalogni tanlaymiz. Tanlangan katalog tarkibi ShellListView komponentasida namoyon bo`ladi. Icon, List, Report va SmallIcon tugmalari orqali esa ShellListView komponentasi tarkibi ko`rinishini o`zgartirish mumkin ya’ni katta ikonkali, ro`yxatli, fayl haqidagi ma’lumotlar bilan va kichik ikonkali ko`rinishlari mavjud. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling