O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi guliston davlat universiteti yuldashev Ulmasbek Abdubanapovich


Coreldraw muharririning ishchi oynasi elementlari


Download 5.27 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/82
Sana25.10.2023
Hajmi5.27 Mb.
#1719559
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82
Bog'liq
Kompyuter-grafikasi

Coreldraw muharririning ishchi oynasi elementlari.  
Kodlashtirishning vektorli usulida geometrik shakllar, egri va to‘g‘ri 
chiziqlar, aylana, kvadrat, ellips, qism tasvirlar kompyuter xotirasida matematik 
formula kabi geometrik abstraksiyalar ko‘rinishda saqlanadi. Masalan, aylana 
shaklini kodlashtirish uchun, u alohida piksellar ko‘rinishida bo‘lishi shart emas. 
Uning radiusi, markaziy nuqta koordinatalari va rangining xotirada saqlanishi 
yetarli bo‘ladi. To‘rtburchak uchun esa uning tomonlari uzunligi, joylashuv o‘rni 
va rangini xotirada saqlash lozim. Matematik formulalar yordamida turli xildagi 
shakllarni izohlash mumkin. Murakkab shakllarni chizishda bir nechta oddiy 
shakllardan foydalaniladi. Masalan, burchaklari yoysimon bo‘lgan to‘rtburchak 
shaklni qora rangda bo‘yaymiz, unga uchta oqdagi to‘rtburchak va birta qora 
rangdagi to‘rtburchak shaklni qo‘shib uch dyumli disketa rasmini hosil qilish 
mumkin.
Bir necha qismdan iborat vektor tasvir.
Vektor formatdagi barcha ko‘rinishlar bir necha qismlardan iborat bo‘lib, 
ularni bir-biriga bog‘liqsiz holda o‘zgartirish mumkin. Ushbu qismlar ob`ekt deb 
nomlanib, bir necha ob`ektlar yordamida yangi ob`ekt yaratiladi. Buning natijasida 
ob`ektlar yanada murakkab ko‘rinishga ega bo‘lish holati kuzatiladi. Har bir 
ob`ektda ularning kattaligi, egriligi va joylashuv o‘rnining qiymatlari orqali 
beriladi. Shu sababli, tasvir ko‘rinishlarini oddiy matematik amallar yordamida 
o‘zgartirish imkoniyati yaratiladi. Vektorli grafikani qo‘llaganda, ob`ekt hajmining 
juda ham kichik yoki aksincha, juda ham katta kenglikda bo‘lishi inobatga 
olinmaydi. Ikki holda ham rasm bilan ishlash bir xil kechadi. Xohlagan paytda 


42 
tasvir sifatini o‘zgartirmay turib, uni kattalashtirish yoki kichraytirish imkoniyati 
mavjud. Vektorli usulda kodlashtirishning muhim ahamiyati grafik faylning hajmi 
rastrli grafiklar fayllari hajmiga nisbatan sezilarli darajada kichikligidir. Biroq, 
vektorli grafikaning kamchilik tomonlari ham mavjud. Birinchidan, hosil 
qilinayotgan tasvirning shartliligi, ya`ni tasvirlar formulalar yordamida qurilgann 
egri chiziqlardan iborat bo‘lganligi sababli, haqiqiy tasvirni hosil qilish juda 
mushkuldir.
Shuning uchun vektorli grafikani tasvirlarni kodlashtirishda qo‘llab 
bo‘lmaydi. Agar tasvirni izohlash lozim bo‘lsa, olingan fayl hajmi rastrli grafika 
fayli hajmiga nisbatan ancha katta bo‘ladi. Vektorli grafika fayllarini qurishga 
bag‘ishlangan dasturiy vosita sifatida juda keng tarqalgan CorelDRAW dasturini 
keltiramiz.
CorelDRAW dasturining ishchi oynasi boshqa grafik muharrirlar oynasiga 
o‘xshashdir. CorelDRAW dasturi ishga tushirilganda ekranda dasturning 
boshlang‘ich muloqot oynasi hosil bo‘ladi. Bu rejimni oldindan bekor qilish ham 
mumkin. Buning uchun Show this Welcome Screen at startup (Ishga tushganda 
oynani ko‘rsatish) satridan bayroqchani olib tashlash orqali amalga oshiriladi.
Dastlab dastur ishini sozlab chiqish amalarini ko‘rib o‘tamiz. Agar ishchi 
oyna to‘liq ekranni egallamagan bo‘lsa, dastur sarlavhasida yoyish tugmasini 
bosing. Natijada ishchi oyna to‘liq ekranda hosil bo‘lib CorelDRAW 15 dasturi 
bilan ishlash yanada qulaylashadi.
Yaratilayotgan tasvir aniq ko‘rinishi, boshqariluvchi elementlar ekranda 
joylanishi uchun ekranning ruxsat etilgan kattaligini 1024x768 nuqtalarda, eng 
yaxshisi 1280x1024 ni qo‘llanilishi tavsiya etiladi.
CorelDRAW 15 vektor grafikasi muharririning ishchi oynasidagi asosiy 
elementlari bilan tanishib chiqamiz

Windows muhitida ishlovchi boshqa dasturlar 
kabi oynaning yuqori qismida oyna sarlavhasi va menyusi joylashgan. 
CorelDRAW 
15 
dasturida 
o‘z interfeysini o‘zgartirish imkoniyatlari 
kengaytirilgan.


43 

Download 5.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling