241
3.3. CSS QO‘LLAGAN HOLDA WEB-SAYT YARATISH
Asosiy savollar
:
1.
Css qoʻllagan holda web-sayt yaratish
2.
Web-sahifani CSS yordamida
formatlash
Tayanch so‘zlar: CSS – JavaScript, background atamasi, Web-sahifani CSS
yordamida formatlash, border, HTML teglariga CSS ko‘rinishlarini
berishning
usulllari.
CSS texnologiyasi asosan Web-dizaynerlar tomonidan qo‘llaniladi. Chunki,
bu texnologiya saytning dizayni uchun javob beradi. Bu sohani barcha Web-sayt
loyihalovchilari bilishi lozim.
Texnologiya sayt ko‘rinishini juda osonlik bilan o‘zgartirish imkonini beradi.
CSS - JavaScript bilan birgalikda dinamik HTML-
sahifalar yaratish imkoni
beradi.
CSS (ing. Cascading Style Sheets - kaskadli ko‘rinishlar jadvali) - biror
belgilash tilidan (HTML, XHTML)
foydalanib, hujjatning tashqi ko‘rinishini
tasvirlash tilidir. Shuningdek, CSS XML- hujjatlarga ham qo‘llanilishi mumkin.
CSSni yaratilishidan asosiy maqsad, Web-sahifaning
mantiqiy tuzilishini
tavsiflash (HTML yordamida) hamda Web-sahifaning tashqi ko‘rinishini
tavsiflashni bir-biridan ajratishdan iborat. Bunday ajratish, hujjatga ko‘proq
moslashuvchanlik va tavsiflashni boshqarishda
katta imkoniyatlar beradi, dastur
kodini takrorlanishini oldini oladi va hujjat tuzilishini soddalashtiradi.
CSS yordamida bitta hujjatni turli usullarida tasvirlash imkoni beradi. Bunday
usullarga ekranda chop etish, qog‘ozda chop etish, ovozli o‘qish dasturi yordamida
chop etish hamda Brayl (ko‘rlar uchun mo‘ljallangan)
shriftlarida chop etishni
misol sifatida keltirish mumkin. CSSning yozilish qoidasini quyidagi misol orqali
qarab chiqamiz:
h1 { color: red; margin-left: 200px; font-size: 20pt; }
242
Misolda “h1”— ajratgich (selector), "color", "margin-left" va "font-size"—
uning xususiyatlari, "red", "200px" va "20pt" — uning qiymatlari deyiladi.
Ma’nosi
Do'stlaringiz bilan baham: