tegi ichidagi ma’lumotlar qizil rangda va yuqoridan 100
piksel bilan chetlanishga ega bo‘lishi tasvirlangan. Import qilish usuliga doir misol:
243
Bu misolga ko‘ra, butun sahifaga “misol.css” faylidagi ko‘rinishlar
qo‘llaniladi. Fayldan yuklash usuli ko‘p qo‘llaniladi va hujjatning bosh qismida
tegi orqali fayl ulanadi. Misol:
Bayon etilgan to‘rtta usulning bajarilishi tartibi quyidagicha:
•
Fayldan yuklash usuli
•
Import qilish usuli
•
Joriy etish usuli
•
Inline usuli
Demak, Inline usulining bajarilishi ehtimoli katta. Butun sayt uchun umumiy
usul fayldan yuklash usuli hisoblanadi. Web-saytning bir nechta sahifasiga
boshqalaridan farq qiladigan alohida ko‘rinish berish uchun Import qilish usuli
qo‘llaniladi. Bitta sahifa uchun joriy etish usuli qo‘llanilishi maqsadga muvofiq.
Inline usulini sahifa ichidagi biror abzatsni ajratib ko‘rsatish uchun qo‘llash
mumkin.
CSS yordamida hujjat ustida harakatlanuvchi sichqon ko‘rsatgichining
(kursor) ko‘rinishlarini o‘zgartirish mumkin. Masalan, odatdagi holatda strelka
ko‘rinishida, matn ustida vertikal tayoqcha ko‘rinishida bo‘lishi uchun kursor
ko‘rinishlari turlicha ko‘rsatiladi. Kursor ko‘rinishi quyidagicha beriladi.
p { cursor: pointer;
}
Kursor ko‘rinishlari va uning qiymatlari quyidagi jadvalda berilgan.
1-jadval. Kursor ko‘rinishlari
244
Rasm ustida sichqon ko‘rsatgichining ko‘rinishi o‘zgarishi uchun quyidagi
usullarda berilishi mumkin:
a) img {
cursor: pointer;
}
b)
Web-sahifa orqa foni rasmdan iborat bo‘lishi mumkin. Buni ham CSS
yordamida berish mumkin. Gorizontal gradiyent fonga ega Web-sahifaga misol:
body { background: url("images/bg.jpg") repeat-x #dedede;
} bu yerda #dedede- fon rangini bildiradi. Vertikal gradiyent fonga ega Web-
sahifaga misol:
body { background: url("images/bg.jpg") repeat-y center #dedede;
245
}
Oddiy rasmdan iborat fonga ega Web- sahifaga misol: body
{
background: url("images/bg.jpg") no-repeat #dedede; }
Animatsion GIF-fayldan foydalanib ham fon hosil qilish mumkin. Misol: html
{
background: url(images/bg.gif) no-repeat; /* GIF-fayl */ height: 100%; /*
sahifa balandligi */
}
CSSda bir nechta o‘lchov birliklari qo‘llaniladi. O‘lchov birligi berilishiga
doir misol: p { font-size: 14pt;
} pt– o‘lchov birligi bo‘lib, harf kattaligi 14 punktga teng bo‘lishini anglatadi.
Yana quyidagi o‘lchov birliklari qo‘llanilishi mumkin:
2-jadval. CSS da o‘lchov birliklari