79
X U L O S A
Qo‗ng‗irot– yirik o‗z bek qabilalaridan biri. XX asr boshlarida o‗z
beklar tarkibida 134,6
ming kishini tashkil qilib, asosan O‗zbekistonning
janubiy xududlarida, shuningdek,
Zarafshon vodiysida, Xorazm va qisman
Shimoliy Afg‗onistonda yashaganlar.
1
Qo‗ng‗irotlar qozoq, qoraqalpoq, qirg‗iz,
boshqird, no‗g‗ay va boshqa
turkiy xalqlar tarkbiga ham kirganlar. Ilk ajdodlari Mo‗g‗uliston cho‗llarida
yashagan. 13 asrda ular Chingizxon qo‗shinlari bilan O‗rta Osiyo xududiga
kelib o‗rnashganlar. 14 asrda Qo‗ng‗irotlarning
katta bir qismi Xorazm
xududiga ko‗chib o‗tgan va Xorazmning so‗fiylar sulolasi faoliyatida faol
ishtirok etganlar. Vaqt o‗tishi bilan ularning etnik tarkibiga o‗g‗uz, qipchoq
va boshqa turkiy xalqlarga mansub elementlar qo‗shilgan. 14-15 asrlar
davomida Qo‗ng‗irotlarning
ayrim guruxlari Xurosonga, Shimoliy
Afg‗onistonga va Xisor-Shyerobod vodiysiga kelib o‗rnashganlar. Xorazm
xududiga ko‗chib o‗tgan Qo‗ng‗irotlar keyinchalik
Xorazmning siyosiy
hayotida faol ishtirok etganlar. 18 asrning 2 yarmi – 19 asr boshlarida Xiva
xonligini o‗z bek Qo‗ng‗irotlari sulolasi boshqargan. Bu sulola vakillari o‗z
bek davlatchiligi tarixida, ayniqsa madaniyat soxasida muhim iz qoldirgan.
Umuman olganda mazkur monografiya ishdan quyidagi xulosalar
chiqarish mumkin.
1770 yilda Xiva xonligida xokimiyat amalda Qo‗ng‗irotlar qabilasining
qo‗liga o‗tdi. Qo‗ng‗irotlar sulolasi hukmronligi o‗rnatilishi arafasida Xivada
markaziy xokimiyat amalda barham topgan edi. Qo‗ng‗irotqabilasining
yo‗lboshchisi Muhammad Amin inoq 1770 yilda xokimiyatni egalladi. Xiva
xonligining axolisi 800 ming nafarga yaqin bo‗lib, ularning 65 % ni o‗z
beklar tashkil etgan. Xonlik 15 ta viloyatga bo‗lingan.
Xonlikdagi asosiy
1
Ызбек совет энциклопедияси. 14 том. –Т., 1980. 276 б.
80
soliq - salg‗ut – yer solig‗i xisoblangan. Axoli begar, qazu, xachi, otlanuv
kabi majburiyatlarni o‗tagan.
Do'stlaringiz bilan baham: