Guruh talabasi To`xtasinova Madinabonuning O`zbekiston tarixi fanidan Mustaqil ishi


Download 0.83 Mb.
bet1/7
Sana13.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1353974
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O`zbekiston tarixi


Qo`qon Davlat Pedagokika Instituti
Tarix fakulteti tarix yo`nalishi
01.22-guruh talabasi
To`xtasinova Madinabonuning
O`zbekiston tarixi fanidan
Mustaqil ishi

Mavzu: Xorazmshohlar davlati Reja: 1. XI asrning 2-yarmi XII asrda O’rta Osiyoda ijtimoiy siyosiy vaziyat. 2. Xorazmning mustaqillikka erishishi. 3. Movarounnahrning Xorazm hukmronligi ostida birlashtirilishi. 4. Ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayot. Madaniy taraqqiyot va diniy munosabatlar

1.XI asrning 2-yarmi XII asrda O’rta Osiyoda ijtimoiy siyosiy vaziyat. Xorazm O`zbekistonning eng qadimgi o`choqlaridan biri hisoblanadi. Shuningdeq uning tarixi jahon tarixchilari tomonidan o`rganilishiga sabab bo`lgan. Xorazm toki hozirgacha bu ko`pgina sulolalarni ko`rgan.Xorazmning gullab-yashnashi X-XII asrlarga to`g’ri keladi. Bu o`rinda Buyuk Xorazmshohlar sulolasi muhim o`rin tutadi. 1017 yilda Mahmud G’aznaviy tomonidan zabtetilib, o`z mustaqilligidan mahrum bo`lgan Xorazm ko`p vaqt o`tmay ya`ni 1044 yil Saljuqiylar davlatiga qarm bo`lib qoladi. Saljuqiylar hukmdori Malikshoh o`z ma`murlaridan biri Anushtakinni Xorazmga noib qilib tayinlaydi. Anushtakin vafotidan so`ng Xorazmda uning vorisi qutbiddin Muhammad noiblik qiladi. U 1097-1127 yillarda noiblik qildi. Garchi «xorazmshoh» unvonini tiklab, bunday jarangdor nom bilan ulug’lansada, ammo Sulton Sanjarning sadoqatli noibligicha qolgan edi.

Xorazmning mustaqilligi uchun kurash XII asrni yarmidan boshlandi. U Qutbiddin Muhammadning o`g’li Otsiz nomi bilan bog’liqdir. U 1127-1156 yillarda hukmdorlik qilgan.Mohir diplomat va g’ayratli lashkarboshi Otsiz va uning vorislari Xorazmni Saljuqiylar tasarrufidan ajratib olib, uning mustaqilligi yo`lida Movarounnahrda va eronda sodir bo`lgan har qanday qulay siyosiy vaziyatdan foydalanadilar. Dastavval Otsiz turkman va qipchoqlarni o`ziga bo`ysundirdi. Xorazm bilan iqtisodiy jihatdan bog’liq bo`lgan Sirdaryo etaklari va Mang’ishloq yarim orolini egallaydi. Qang’li va turkmanldarjdan kuchli yollanma qo`shin tashkil etib, bir necha bor Sulton sanjarga qarshi isyon ko`taradi. Shunday qilib, Otsiz Kaspiy dengizi sohillaridan to Sirdaryoning o`rta oqimiga qadar bo`lgan erlarda, keyinchalik buyuk davlat sifatida shuhrat topgan xorazmshohlar davlatining poydevorini barpo etadi.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling