Guruh talabasi To`xtasinova Madinabonuning O`zbekiston tarixi fanidan Mustaqil ishi


Download 0.83 Mb.
bet4/7
Sana13.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1353974
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Buxoro zabt etilgach, navbat Samarqandga etib kelgan edi. 1220 yil mart oyida Chingizxon shahar atrofiga etib keladi. Shahar noibi To`g’ayxon qamalga jaddiy tayyorgarlik ko`rgan edi. Shahar qanchalik qarshilik ko`rsatmasin, mo`g’ullar hujumini enga olmadi. Shaharning 30 (o`ttiz) ming kishisi asir olinib haydab ketildi. Bu davrda Jo`jixon Sig’moqqa hujum qildi. Sig’noq aholisi 7 kun o`zini dushmandan himoya qildi. Lekin kuchlar teng emas edi. O`zgan shahri deyarli jangsiz qo`lga kiritildi. Ammo Barchinlig’kent esa kuch bilan qo`lga kiritildi. (1220 yil aprel’) 1 oydan so`ng mo`g’ullar Jandga hujum qildi. Shahar noibi Qutlug’xon Xorazmga qochdi. Shahar vayron etildi. Binokat hokimi elatxumalik shaharni dushmandan 4 kun himoya qildi. Xo`jand hokimi Temur Malik dushman bilan oxirgi nafasigacha kurash olib bordi. Hatto dushmandan Yangikent shahrini qaytarib ham oldi.

XII asrning oxiri XIII asr boshlarida xorazmshohlar saltanati tasarrufidagi o`lka va viloyatlar hududlarining kengligi, Sharq davlatlari o`rtasida saltanat sohibqironlarining nufuzi jihatidan u buyuk davlat hisoblanardi. Xorazm va Movarounnahrdan tashqari hozirgi Afg’oniston erlari va eronning kattagina qismi ham uning tasarrufida edi. Davlat qang’li-qipchoq va turkmanlardan tuzilgan muntazam qo`shinga ega edi. Bu qo`shinning umumiy soni Chingizxon qarbiy kuchiga nisbatan birmuncha oshiqroq edi. Saltanatni hokimlar, noiblar,vazirlar, qo`shin boshliqlaridan iborat kuchli harbiy aristokratiya (daftardor hisobchilar) qozilar va boshqa ko`pgina saroy mansabdorlaridan iborat ulkan arkoni davlat doirasi qurshab turardi.Yuqori amaldorlarning ko`pchilik qismi yirik er-suvlarga ega bo`lgan mulkdor oqsuyak tabaqani tashkil etardi. Ko`pgina mansablar odatda, o`rta asrlar jamiyati sharoitida keng tarqalgan, otabobodan meros bo`lib o`tar edi. An`anviy tusga kirgan bunday hol davlat mansabdorligi eng munosib shaxslarni tanlab qo`yish imkoniyatidan mahrum qilar edi. Mansabdorlar davlat tang ahvolga tushib qolgan paytlarda o`z vazifalarini tashlab ketar va podshoga itoatsizlik qilib,o`zboshimchalik bilan o`z bilganlaricha yo`l tutar edilar. Shunday qilib, sirtdan juda kuchli,nufuzidan buyuk ko`ringan xorazmshohlar davlati siyosiy jihatdan unchalik mustahkam emas edi. Hatto ayrim viloyat hokimlari xorazmshohlarga nomigagina bo`ysunib, amalda deyarli mustaqil edi.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling