25-mavzu Tashkiliy hujjatlar va ularning turlari
Download 256.01 Kb. Pdf ko'rish
|
25 мавзу (1)
25-mavzu Tashkiliy hujjatlar Tashkiliy hujjatlar va ularning turlari Sirtdan qaraganda, hujjatlar tayyorlash juda oson ko‘rinadi, lekin har bir hujjatning o‘ziga xos xususiyatlari - zaruriy qismlari, lisoniy talablari bor. Hujjatlar tilida biron bir shaxsga murojaat etilganda "Siz" olmoshi bosh harf bilan yoziladi. Ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p ishlatiladi. Son odatda, raqam (I, II, X; 1, 2, 10) bilan yoziladi. Pul bilan bog‘liq o‘rinlarda raqamdan so‘ng qavs ichida shu raqamning ifodasi so‘zlar bilan qayd etiladi. Fe`lning harakat nomi shakli: "ta`minlashingizni so‘rayman", "tashkil etilishi to‘g‘risida", "yordam berish maqsadida" kabi qurilmalarga tez-tez murojaat etiladi. Majhul nisbatdagi fe`llar va o‘tgan zamondagi fe`llar (Masalan: "belgilab qo‘yilsinki", "qoniqarli topilsin", "so‘ralsin", "eshitildi", "qaror qilindi", "alohida qayd etilsin", "nomzodi ko‘rsatilsin" kabilar) serunum qo‘llaniladi. Hujjatlarda, asosan, ikki tarkibli sodda gaplar va murakkablashgan sintaktik butunliklar ko‘proq uchraydi. Hujjatlarga oid gaplar tarkibida inversiya (gapda odatdagi so‘z tartibining o‘zgarishi)ga yo‘l qo‘yilmaydi. Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs nomidan yoziladi. Qonun moddalari esa shaxssizlik xususiyatiga egadir. Chunki qonunlar davlat amri bo‘lib, davlat nomidan ifodalanadi. Hujjatchilikda imlo qoidalariga va tinish belgilaridan foydalanishga alohida e`tibor berish lozim. Har bir hujjatning nomi matn tarkibida atoqli ot sifatida bosh harf bilan boshlanib, undan keyin nuqta qo‘yilmaydi. Qolgan o‘rinlarda hujjat nomlari kichik harflar bilan yoziladi. Hujjatlarni tayyorlashda quyidagilarga alohida e`tibor berish talab etiladi: 1) har bir hujjatni tuzishda uning zaruriy qismlariga qat`iy rioya qilinishi lozim, ya`ni zaruriy qismlarning o‘rin almashinuviga yo‘l qo‘yilmaydi; 2) har kim o‘z bilganicha hujjat to‘lg‘izishiga ruxsat etilmaydi; 3) hujjatlardan ariza, tarjimai hol, tilxat, tushuntirish xati, shaxsiy ishonchnoma, ba`zan hisobot, bildirishnoma, bildirgi ham hujjat to‘ldiruvchining o‘z dastxatida yoziladi. Qolgan hujjatlar esa yozuv mashinkasi yoki komp`yuterda tayyorlanadi; 4) hujjatlar matnida tuzatish va o‘chirishga yo‘l qo‘yilmaydi, bunday hujjatlar haqiqiyligini yo‘qotadi, ya`ni qalbaki deb hisoblanadi; 5) alohida ahamiyatga ega bo‘lgan hujjatlar to‘ldirilganda hujjat to‘ldiruvchining imzosi muassasa, xo‘jalik yoki notarial idoralar tomonidan tasdiqlanishi shart. Download 256.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling