25-mavzu Tashkiliy hujjatlar va ularning turlari


Download 256.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana15.06.2023
Hajmi256.01 Kb.
#1485874
1   2   3
Bog'liq
25 мавзу (1)

Shartnoma - ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini 
belgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatish haqidagi rasmiy hujjat. 
Shartnoma korxona, tashkilot, muassasa yoki xo‘jaliklar, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida 
tuzilishi mumkin. 
Shartnomalar mazmunan turlicha bo‘ladi: Mahsulotlarni yetkazib berish shartnomasi, Ijara 
shartnomasi, Moddiy javobgarlik shartnomasi, Mehnat bitimi. 
Shartnomalar qonunga muvofiq tuzilgan bo‘lib, bu qoidaning buzilishi shartnomaning 
qonuniy kuchini yo‘qqa chiqaradi va uni shu ahvolda tuzgan yoki tuzishga yo‘l qo‘ygan 
mansabdor shaxslarni javobgar bo‘lishga olib keladi. 
Xo‘jalik shartnomalari, asosan, quyidagi zaruriy qismlar asosida tuziladi: 
1. Shartnomaning nomi (Yetkazib berish shartnomasi, Ijara shartnomasi, Pudrat shartnomasi). 
2. Shartnoma tuzilgan sana. 
3. Shartnoma tuzilgan joy. 
4.Shartnoma tuzayotgan tomonlar (xo‘jalik, korxona, tashkilot, muassasa) ning aniq va to‘liq 
nomi; tomonlar vakillarining ismi va ota ismlari, familiyalari. 
5. Shartnoma matni (bu qism ba`zan boblarga bo‘linadi, har bir bob rim raqamlari bilan 
belgilanadi. Boblar bandlarga bo‘linib, ularning tartib raqamlari arab raqamlari bilan 
ko‘rsatiladi). Shartnomaning amal qilish muddati ham qayd etiladi. 


6. Tomonlarning manzillari. 
7. Tomonlarning imzolari va muhrlari. 
Shartnoma ikki nusxadan kam bo‘lmasligi kerak. Shartnomaning barcha nusxalari bir xil 
huquqiy kuchga ega bo‘ladi. 
 
Shartnoma namunasi 
Shartnoma 
Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumaniga qarashli "Andoq" qishlog‘i. Bir ming to‘qqiz 
yuz to‘qson to‘qqizinchi yilning beshinchi yanvari. 
"Andoq" fermer xo‘jaligi nomidan ish ko‘ruvchi xo‘jalik raisi Qodirov Mahmud Turdiyevich 
(keyingi o‘rinlarda "Ma`muriyat" yoki "Xo‘jalik" deb ataladi) bir tomon va mazkur xo‘jalik 
a`zosi Komil Salomovich Turg‘unov (keyingi o‘rinlarda "Xo‘jalik a`zosi" yoki "Xodim" deb 
ataladi) ikkinchi tomon bo‘lib, ushbu shartnomani quyidagilar haqida tuzdik: 
1. Xo‘jalik ma`muriyati xo‘jalik ixtiyoridagi 5-bo‘limga qarashli 10 (o‘n) gektar yerni 
K.S.Turg‘unovga bug‘doy (tarvuz) ekish uchun ijaraga berdi. 
2. Xo‘jalik hisobidagi yer ikki yil muddatga, 1995-yil 10-yanvardan 2001-yil 10-yanvargacha 
ijaraga berildi. 
3. Yerdan foydalanish uchun to‘lanadigan haq shartlashayotgan tomonlarning 
kelishuviga muvofiq belgilanadi va qonunda ko‘zda tutilgan miqdordan oshirilmaydi. 
4. Ijaragir yerni haydash, ekin ekish, yig‘ib-terib olish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. 
5. K.S.Turg‘unovning yerdan boshqa maqsadlarda foydalanishi taqiqlanadi. 
6. Ushbu yer favqulodda xo‘jalikka kerak bo‘lib qolgan taqdirda. yoki xo‘jalik tarqatib 
yuborilsa, mazkur shartnoma muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin. 
7. Shartnoma muddati tugagandan so‘ng, K.S.Turg‘unov yerni topshirish majburiyatini oladi. 
8. Ijara to‘lovi shartnoma bo‘yicha har bir gektar uchun olingan hosilning yarmi miqdorida 
belgilanadi. 
9. Ijaragir aybi bilan yer foydalanilmay ushlab turilsa, xo‘jalikka yetkazilgan zarar hajmini 
aniqlash va uni undirib olish amaldagi qonunlarga muvofiq amalga oshiriladi. 
10. Agar ko‘rilgan zararda Ijaragirning aybi bo‘lmasa, u moddiy javobgar hisoblanmaydi. 
11. Ushbu shartnoma ikki nusxada tuzildi, birinchi nusxasi- Ma`muriyatda, ikkinchi nusxasi 
esa Ijaragirda saqlanadi. 
Shartnoma tuzuvchi tomonlarning manzillari:
Ma`muriyat: Samarqand viloyati,
Kattaqo‘rg‘on tumani "Andoq" fermer xo‘jaligi 
(imzo) M.T.Qodirov 
 
 
1
-mashq. Shartnomaga oid quyidagi so‘z va so‘z birikmalarini daftaringizga yozib 
oling va gap tuzing. 
Shartnoma, buyurtmachi, muassasa, bajaruvchi, ijrochi, munosabat o‘rnatmoq, 
majburiyatlarini oladi, amalga oshiriladi, moddiy javobgar hisoblanmaydi, o‘z kuchini 
yo‘qotmaydi, ijaraga oluvchi (ijaragir), mehnat bitimi, ta`minlaydi, zimmasiga oladi, hal qiladi, 
bajaruvchining majburiyatlari, buyurtmachining majburiyatlari. 
 
2
-mashq. Quyidagi so‘z va so‘z birikmalarining ma`nosini lug‘at yordamida aniqlang 
va ular ishtirokida gaplar tuzing. 
Zimmasiga oladi, munosabat o‘rnatmoq, ta`minlaydi, moddiy javobgar hisoblanmaydi, 
o‘z kuchini yo‘qotadi. 
 Bilib oling.

Download 256.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling