Guruh talabasi To`xtasinova Madinabonuning O`zbekiston tarixi fanidan Mustaqil ishi


Download 0.83 Mb.
bet6/7
Sana13.04.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1353974
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O`zbekiston tarixi

Shuning uchun xam Xorazmning mustaqil davlat sifatidagi o’rni va mavqeyi ko’proq uning o’g’li Otsiz (1127—1156) xamda anushteginlarning keyingi avlodlari: El Arslon (1156—1172), Takash (1172-1200) va Alobuddin Muxammad (1200—1220) davrlarida har jixatdan ko’zga tashlandi. So’nggi xukmdorlar Takash va Muxammad Xorazmshoxlar davriga kelib esa Xorazm davlati o’rta asrlar davridagi eng qudratli saltanatga aylandi. Bir tomondan, buyuk Saljukiylar davlatiga tobelik va, ikkinchi tomondan, Sharqdan bostirib kelgan ko’p sonli qoraxitoylarga yiliga 30 ming dinor to’lab turish majburiyatini va shu barobarida Xorazmning mustaqilligini taminlashda Xorazmshox. Otsizning xizmatlari katta bo’ldi.

Moxir diplomat yetuk davlat arbobi bo’lgan Otsiz o’z raqiblari orasidagi ziddiyatlardan ustamonlik bilan foydalandi, o’z davlati mustaqilligini saqlabgina qolmay uning hududlarini xam ancha kengaytirishga muvaffaq bo’ldi. 1141 yilda qoraxitoylar bilan Sulton Sanjar o’rtasida yuz bergan qonli to’qnashub va unda saljuqiylarning mag’lubiyatidan foydalangan Otsiz Xuroson yerlarini, Marv, Nishopur shaharlarini egalladi. 1152 yilda Jangga qo’shin tortib, uni Xorazm davlatiga qo’shib oldi. Otsizning vorisi El Arslon ham mamlakat mustaqilligini kuchaytirish yo’lida qoraxitoylar bilan janglar olib boradi. El Arslon vafotidan (1172) foydalangan qoraxitoylar Xorazm xududiga bostirib kirdilar va uni o’lpon to’lashga majbur etdilar.

Ammo Xorazm taxtini egallagan Takash(1172— 1200) tez orada mohir davlat arbobi, tadbirkor va uddaburon hukmron sifatida o’z davlati qudratini yuksaltirishga muvaffaq bo’ladi. 1187—1193 yillarda U Nishopur, Ray va Marv shaxarlarini bosib oladi. 1194 yilda esa saljuqiylar sultoni Tug’rulga kuchli zarba berib, Eronni egallaydi. Uning tasarrufida 150 ming harakatdagi va 200 ming kishidan ziyod zaxiradaga katta jangovar armiya mavjud bo’lgan. Uning katta va yirik davlati markazlashgan hokimiyat boshqaruviga ega bo’lgan. Unda oliy idora,— devon mavjud bo’lib, davlatning bugun ichki va tashqi siyosati vazir tomonidan amalga oshirilgan. hokimiyatning muxim Takashning xotini .— Turkon xotinga qarashli qabilalarni tasiri kuchli bo’lgan.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling