О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi toshkent davlat transport universiteti «Ijtimoiy fanlar»


Download 76.13 Kb.
bet18/19
Sana03.05.2023
Hajmi76.13 Kb.
#1423528
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
IJTIMOIY VA HUQUQIY TENGLIK

XULOSA


Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini ,Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar toʻgʻrisida xalqaro paktni, Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonunni, O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasini va boshqa manbalarni hisobga olgan holda,xulosam shunday,Barcha shaxslar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi,shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar, imtiyozlar qonun asosida bo‘lishi mumkin.Bu imtiyozlarning berilishi ijtimoiy adolat prinsiplariga mos tushishi, yordamga muhtoj, jismoniy jihatdan zaif toifali kishilargagina imtiyoz berilishi kerak. Ayollar, bolalar, nogironlar, yolg‘iz qariyalar ,ishsizlar imtiyozga ega bo‘lib, bu imtiyoz asosan iqtisodiy jihatdan qo‘llaniladi.Misol uchun boquvchisini yo’qotganlar uchun pensiya,bolalar nafaqasi,nogironlik pensiyasi,homiladorlik yoki tug’ish ta’tillari,bolani parvarishlash uchun ta’til ,nogiron bolasi borlar uchun alohida imtiyozlar,ishsizlik nafaqasi va boshqalarni aytishimiz mumkin.

Mening fikrimcha , ‘‘ijtimoiy tenglik va huquqiy tenglik’’ atamalari o’rniga ‘‘ijtimoiy adolat va huquqiy adolat’’ atamalarini qo’llash kerak. Men o’zimni fikrimni Mehnat kodeksiga binoan isbotlab beraman .Mehnat kodeksiga binoan uch yoshgacha bolasi bor ayollarga ish o’rni va lavozimi saqlangan holda ta’til beriladi .Lekin biz ‘‘ hamma qonun oldida teng’’ deb bolasi bor ayol ham ishlashi kerak desak,bolani manfaatlari buzilib tenglik yo’qoladi.Shuning uchun ‘‘ijtimoiy tenglik va huquqiy tenglik’’ atamalaridan ko’ra ‘‘ijtimoiy adolat va huquqiy adolat’’ atamalarini qo’llagan maqul deb o’yladim.Bizning qonunchiligimizda adolatparvarlik prinsipiga to’liq rioya qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida Konstitutsiyasining 14-moddasi bunga yaqqol misol: ‘‘Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi”.72 Boshqa qonun normalari ham Konstitutsiyaga asoslanib qabullanganligi sababli adolatparvarlik prinsipiga to’liq amal qiladi. Bunga misol tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 3,8 va 55-moddalarini aytishimiz mumkin.3-moddada kodeksning prinsiplari haqida malumot bor.8-modda esa quydagicha :’’ Jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa huquqiy ta’sir chorasi odilona bo‘lishi, ya’ni jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak.


Hech kim aynan bitta jinoyat uchun ikki marta javobgarlikka tortilishi mumkin emas.’’
55-moddada esa quydagilar belgilangan:
a) aybni bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilish, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lish yoki jinoyatni ochish uchun faol yordam berish;
b) yetkazilgan zararni ixtiyoriy ravishda bartaraf qilish;
v) og‘ir shaxsiy, oilaviy sharoitlar oqibatida yoki boshqa mushkul ahvolda jinoyat sodir etish;
g) majburlash yoki moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoxud boshqa jihatdan qaramlik sababli jinoyat sodir etish;
d) jabrlanuvchining zo‘rlik, og‘ir haqorat yoki boshqacha g‘ayriqonuniy harakatlari tufayli vujudga kelgan kuchli ruhiy hayajonlanish holatida jinoyat sodir etish;
e) zaruriy mudofaaning, oxirgi zaruratning asosli chegarasidan chetga chiqib jinoyat sodir etish, ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlashda, kasb yoki xo‘jalik faoliyatiga bog‘liq bo‘lgan asosli tavakkalchilikda zarar yetkazish;
j) voyaga yetmaganning jinoyat sodir etishi;
z) homilador ayolning jinoyat sodir etishi;
i) jabrlanuvchining g‘ayriqonuniy yoki axloqqa zid xulq-atvori ta’siri ostida jinoyat sodir etish.73
Ya’ni ushbu holatlarda jinoyat sodir etgan shaxslarga nisbatan yengilroq jazo tayinlanadi.Bu moddalar adolatning yaqqol misolidir.

Muhtaram Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan yaqin yillar ichida ijtimoiy adolatni ta’minlash yuzasidan ulkan ishlar amalga oshirildi.Temir daftar,ayollar daftari,yoshlar daftari,uy-joy uchun subsidiya,I va II guruh nogironlarini OTMlarga grand asosida qabul qilish74 ,ayollarni magistiratura kontrakt to’lovlarini qoplab berish ,ayollarga 7 yilga foizsiz ta’lim krediti berilishi va boshqalarni aytishimiz mumkin.


Xulosa qilib aytadigan bo’lsam ,bizning davlatimizda ijtimoiy adolat to’liq taminlangan xato va kamchiliklarga esa tuzatishlar kiritilmoqda.Bu esa mamlakatimiz buyuk va porloq kelajagini ta’minlaydi!


Download 76.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling