O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


 Polimetall rudalarni flotatsion sxemasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet64/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

 
3.13. Polimetall rudalarni flotatsion sxemasi 
 
Polimetall rudalar mineral tarkibi va metalllning miqdoriga qarab to‘rt guruhga 
bo‘linadi. 
Birinchi guruh - rangli metalllar miqdori yuqori bo‘lgan, yaxlit sulfidli 
rudalar. Bu rudalar asosan qo‘rqoshin, mis va temir sulfidlaridan tashqil topgan. 
Sulfidlarning umumiy miqdori 75-90%, rangli metalllarning miqdori 6-15%. Bu 
guruhdagi rudalarni boyitishda selektiv flotatsiya sxemasi qo‘llaniladi. 
Flotatsiya chiqindisini tarkibidayyetarli darajada boy bo‘lgan oltingugurt bor
va sulfat kislota ishlab chiqarishsanoat uchun hom ashyo sifatida ishlatiladi. Shuning 
uchun to‘g‘ri selektiv flotatsiya sxemasini qo‘llash maqsadga muvofiqdir.
Ikkinchi guruh - rangli metalllar miqdori kam va oltingugurtning miqdori
yuqori bo‘lgan sulfidli rudalar. Rudalarning bu guruhiga ko‘pchilik mis-ruxli, piritli 
rudalar kiradi. Mis-ruxli, piritlardagi misning miqdori 1-2%, ruxning miqdori esa 1-
2,5%.
Bu guruhlardagi rudalarni boyitishning eng samarali usuli boy piritli chiqindi 
olinuvchi mis va rux sulfidlarini dastlabki kollektiv flotatsiyalash qisoblanadi.. 
Rudada oltingugurtning miqdori kam bo‘lganda kollektiv flotatsiya chiqindisi 
oltingugurtning miqdori bo‘yicha talabga javob bermaydigan qisoblanadi. shuning 
uchun barcha sulfidlarni dastlabki kollektiv flotatsiyalashsxemasini qo‘llash
maqsadga muvofiqdir.


162 
Uchinchi guruh - rangli metalllarning miqdori yuqori va ora-sira joylashgan 
polimetalll rudalar. Bu guruhga foydalanilayotgan qo‘rqoshin, ruxli va mis–ruxli 
konlarning rudalari kiradi. Bu turdagi rudalarda mis, qo‘rqoshin va ruxning umumiy 
miqdori 8-15% gacha etadi. 
Foydali minerali yirik va ora-sira joylashgan rudalar to‘qri selektiv flotatsiyali 
sxema bo‘yicha boyitiladi..
To‘rtinchi guruh - rangli metalllarning miqdori kam bo‘lgan va ora-sira 
joylashgan rudalar. Rangli metalllarning umumiy miqdori qoidaga ko‘ra 3-4% dan 
ortmaydi, ba’zi hollarda esa 2%. Piritning miqdori ba’zan 30-40%ga etadi. Bu 
guruhdagi rudalarni boyitishda iqtisodiy shartlar bo‘yicha dastlabki kollektiv flotatsiya 
sxemasini qo‘llash maqsadga muvofiq. 
Polimetall rudalarni boyitish ko‘pincha uning tarkibiga qarab, ikki, uch va 
undan ko‘p boyitmani ajratib olishdir. Misol tariqasida mis – qo‘rg‘oshin – ruxli 
rudalarni ko‘rib chiqaylik. 
Bu rudalar polimetalll rudalar bo‘lib, qiyin boyitiladi. Polimetalll rudalarning 
murakkabligi va xilma – xilligi shundaki, ularning tarkibida sulfidli minerallar (sfalerit, 
xalkopirit) dan tashqari ikkilamchi sulfidli misminerallari (bornit, kovellin, xalkozin), 
oksidli mis, qo‘rg‘oshin minerallari va pirit bo‘ladi. 
Mis – qo‘rg‘oshin – rux piritli rudalarni boyitishda uch xil ko‘rinishdagi 
texnologik sxemalar qo‘llaniladi: to‘g‘ri - selektiv, kollektiv – selektiv va qisman 
kollektiv – selektiv. 
To‘g‘ri selektiv flotatsiyasxemasi bo‘yicha avval galenit va sfaleritni sulfit 
kislotasi bilan so‘ndirilib, misminerallari flotatsiyalanadi. Keyin ohak va sianid bilan 
sfalerit va pirit so‘ndirilib galenit flotatsiyalanadi. Keyin sfalerit misko‘porosi bilan 
faollashtirilib ruxli flotatsiya o‘tkaziladi, ruxli flotatsiya chiqindisidan pirit 
flotatsiyalanadi. To‘plovchi sifatida ksantog‘enatlar ishlatiladi. 
Kollektiv – selektiv sxema bo‘yicha avval ksantog‘enat yordamida galenit, 
sfalerit xalkopirit va pirit kollektiv boyitmaga ajratiladi. Kollektiv boyitma rux 
kuporosi va sianid bilan sfalerit va piritni so‘ndirib mis – qo‘rg‘oshinli flotatsiyaga 
jo‘natiladi. Keyin mis – qo‘rg‘oshinli boyitma selektsiyalanadi. Bunda yo 


163 
misminerallarini so‘ndirib galenit flotatsiyalanadi, yoki galenitni so‘ndirib 
misminerallari flotatsiyalanadi. Mis – qo‘rg‘oshinli flotatsiya chiqindilari ketma – ket 
ruxli va piritli flotatsiyaga uchratiladi va shu kondagi boyitmalar olinadi. 
Qisman kollektiv – selektiv sxemada kollektiv boyitmaga faqat mis va qo‘rg‘oshin 
sulfidlari o‘tadi. Mis – qo‘rg‘oshinli flotatsiya chiqindilaridan sfalerit va keyin pirit
flotatsiyalanadi. 
Mis – qo‘rg‘oshinli boyitmani ajratishda misminerallarini samarali so‘ndiruvchi 
reagent, sianidhisoblanadi, sianidning konsentratsiyasi ortib ketganda, hamda rudada 
sianidli eritmada yaxshi eruvchi ikkilamchi misminerallarining mavjudligi natijasida 
bo‘tanadi katta miqdorda mis ionlari hosil bo‘ladi va ular mis – qo‘rg‘oshinli boyitma 
ajralishini buzadi. shuning uchun jarayonni barqarorlashtirish uchun sianidga natriy 
sulfidi, sulfiti yoki natriytiosulfati qo‘shib ikkilamchi missulfidlarining zararli ta’siri 
susaytiriladi.
3.17- rasm. Polimetalllik rudalarni kollektiv va sellektiv flotatsiyalashning 
printsipial sxemasi 


164 
Agar galenitni so‘ndirishkerak bo‘lsa, so‘ndiruvchi sifatida sulfid kislotasi, natriy sulfiti 
va tiosulfiti ishlatilad 
Keyingi paytlarda mis – qo‘rg‘oshinli boyitmalarni ajratish uchun sianidsiz
texnologiya joriy qilinmoqda. Bu texnologiya bo‘yicha kollektiv boyitma natriy
sulfidi va aktivlangan ko‘mir bilan to‘plovchini desorbtsiyalashga ajratiladi. Keyin 
boyitma natriy sulfiti (tiosulfati) va temir ko‘porosi bilan aralashtiriladi. Misminerallari 
butil ksantog‘enati bilan flotatsiyalanadi, misli flotatsiya chiqindilaridan esa sfalerit 
flotatsiyalanadi va qo‘rg‘oshinli boyitma olinadi. Pirit ohak yordamida yaxshi 
so‘ndiriladi. 
3.18- rasm. Polimetalllik rudalarni kollektiv va sellektiv flotatsiyalashnin sxemasi 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling