O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Flоtаtsiоn sхеmаlаrni tuzish printsiplаri
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
3.12. Flоtаtsiоn sхеmаlаrni tuzish printsiplаri. Flotatsiya sxemalarini tanlash Flotatsiya usulida boyitish qadimdan ma’lum bo‘lsada, faqat XX asr boshlaridan sanoat miqyosida qo‘llana boshladi. Hozirgi vaqtda bu usul rangli, qora, nodir metalllar rudalarini boyitishning universal usuli hisoblanadi. Qazib olinayotgan foydali qazilmalarning 90-95% dan ortig‘i shu usul bilan boyitiladi. Flotatsiya usulida boyitishning boshqa usullarga nisbatan kengroq qullanilishi uning bir qator afzalliklari bilan tushuntiriladi. 154 1) metalllning miqdori kam bo‘lgan kambagal rudalarni ham qayta ishlash mumkinligi (masalan: mis- 0,4%, kurgoshin -1%, qalay 0,1% gacha, volfram- molibden- 0,001% gacha va h.k.). 2) murakkab, masalan, polimetall rudalarni kompleks ravishda qayta ishlashning mumkinligi (masalan, qo‘rg‘oshin-ruh-misli polimetalll rudalar). Flotatsiya usuli – har xil mineral zarralarini suyuqlikda turli darajada namlanish xossasiga asoslanib o‘tkaziladigan boyitish usuli. Namlanish - mineral zarrachalar yuzasining suv molekulalari bilan molekulyar tortishish kuchi ta’sirida o‘zaro birikish xodisasidir. Flotatsiyaning yog‘dagi, plyonkali, ko‘pikli, ko‘pikli sepyeratsiya flotog‘ravitatsiya usullari mavjud. Flotatsiya jarayoni ko‘pincha uch fazali geterogen ( qattiq, suyuq, gaz ) sistemada amalga oshiriladi. Flotatsion usulda boyitishning eng ko‘p ishlatiladigan turi, ko‘pikli flotatsiyadir. Ko‘pikli flotatsiyada ho‘llanmaydigan, ya’ni suv yuqmaydigan (gidrofob) minerallar havo pufakchalariga o‘rnashib bo‘tana ayeratsiyasini vujudga keltiradi va butanani ko‘pikli yuzasiga ko‘tarib chiqadi. Ho‘llanadigan, ya’ni suv yuqadigan (gidrofil) minerallar butanadan muallaq holatda bo‘lib, kameradagi mahsulotni hosil qiladi. Xulosa qilib aytganda gidrofob zarrachalar havo pufakchalariga yopishib bo‘tana yuzasida ko‘pik holda to‘planadi, gidrofil zarrachalar esa bo‘tana holda dastgohdan chiqarib tashlanadi. Ko‘pikli flotatsiyada flotatsiyalanadigan mineral zarrachalarning kattaligi 0,1 mm dan oshmasligi kerak. Flotatsiya’ni amalga oshirish uchun sirt - aktiv moddalar, ya’ni flotareagentlar qo‘shiladi. Zamonaviy flotatsiya quyidagicha olib boriladi: o‘ta maydalangan ruda bo‘tana holda flotoreagentlar deb nomlanuvchi, organiq yoki noorganiq moddalar bilan ishlov beriladi (qattiq zaralarning yuza xossalarini kuchaytirish maqsadida), so‘ng flotomashina dastgohlarida shiddatli aralashtiriladi va flotomashinaga har xil usullar bilan havo pufakchalari yuboriladi. 155 Flotatsiya usulida boyitish rangli va noyob metalllarni, appatitli, fosforitli, baritli, grafitli va flyuoritli rudalarni boyitishda ishlatiladi. Flotatsion sxemani tanlash boyitilayotgan mahsulotning flotatsion xossasiga, boyitmaning sifatiga qo‘yilayotgan talabga va bir qator texnik-iqtisodiy omillarga bog‘liq. Ko‘p qollarda bitta flotatsiya operatsiyasi natijasida oxirgi boyitma va tashlab yuboriladigan chiqindi olishga erishilmaydi. shuning uchun, flotatsiya sxemalari bir nechta flotatsiya operatsiyalaridan tashqil topadi: asosiy flotatsiya, tozalash flotatsiyasi va nazorat flotatsiyasi. Asosiy flotatsiya – foydali komponentni puch tog‘’ jinslaridan ajratish maqsadida o‘tkaziladi. Natijada homaki boyitma va chiqindi olinadi. Tozalash flotatsiyasi–homaki boyitmaning sifatini yaxshilash maqsadida o‘tkaziladigan flotatsiya operatsiyasi. Nazorat flotatsiyasi –chiqindi tarkibidagi foydali komponentni yana bir bor ajratib olish maqsadida o‘tkaziladigan operatsiya. Mahsulotni ma’lum yiriklikkacha yanchib, keyin flotatsiyalashoperatsiyasini o‘z ichiga olgan texnologik sxemaning bir qismi flotatsiya bosqichi deb aytiladi. Foydali mineralning xossasi va undagi mineral zarrachalarning o‘lchamiga qarab bir yoki ko‘p bosqichli flotatsion sxemalar ishlatiladi. Qaytadan flotatsiyalanmaydigan bir yoki bir nechta tayyor maqsulotlar olinadigan flotatsiya flotatsiya sikli deb aytiladi. Foydali komponentlarning ajralish ketma–ketligiga qarab, polimetall rudalarni boyitishda kollektiv, selektiv va kollektiv–selektiv flotatsiya sxemalari mavjud bo‘ladi. Agar oxirgi boyitmaga bira-to‘la bir nechta mineral ajralsa, bunday flotatsiya kollektiv flotatsiya deyiladi. (masalan, mis-rux-qo‘rg‘oshin, mis-molibden, mis – pirit, qo‘rg‘oshin–rux va boshqalar) Agar rudadan qimmatbaho komponentlar ketma-ket ajratib olinsa, bunday flotatsiya selektiv flotatsiya deyiladi. (masalan, mis va rux, qo‘rg‘oshin va rux, mis va molibden va boshqalar) 156 Kollektiv-selektiv flotatsiyada hamma foydali komponentlar avval kollektiv boyitmaga ajraladi, keyin esa undan alohida minerallar flotatsiyalanadi. Bir boskichli flotatsiya sxemalari buyicha sheelitli, flyuoritli, baritli rudalar boyitiladi. Bu rudalarni boyitishsxemalarida tozalash va nazorat flotatsiyalarining soni turlicha bo‘ladi. Bunday rudalarni avval dag‘al yanchib foydali minerallarning bir qismini yanchish jarayoniga o‘simtalardan ajragan nisbatan yirik zarrachalar shaklida tayyor konsentratga ajratishga imkon tug‘iladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling