O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


-rasm. Olmosli rudalarni boyitish uchun rentgan lyuminestsent


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet110/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

7.1-rasm. Olmosli rudalarni boyitish uchun rentgan lyuminestsent 
separatorlarning sxemasi. 1-bunkyer; 2-tebratkich; 3-voronka; 4-rentgen 
trubkasi; 5-rentgen nurlari; 6-fotokuchaytirgich; 7-elektromagnit; 8-yig‘uvchi. 
Bunkerdan homaki olmosli boyitma tebratkich orqali voronkaga bir qatlam holida 
beriladi. Mahsulotdagi zarrachalar tushayotib rentgen trubkadan tarqalayotgan rentgen 
nurlari tutamini kesib o‘tadi. Olmos zarrachalari rentgen nurlari orqali o‘tganda 
lyuminestsent yoruhlik paydo bo‘ladi va fotokuchaytirgichda bu yorug‘lik ta’siri ostida 
elektr toki hosil bo‘ladi va elektromagnit o‘zagini harakatga keltirib, voronkani chapga 
olmos uchun tarnovcha tomonga suradi. Olmos zarrachasi yiguvchi idishga tushadi. 
Fotokuchaytirgichdan tok berish to‘xtatilgandan keyin voronka prujina orqali normal 
holga keltiriladi. 
Voronkaga olmosdan tashqari mineral zarrachalar tushsa tok hosil bo‘lmaydi va 
mahsulot orqali ikkinchi voronkada yana bir bor olmos ushlagichdan o‘tib chiqindi 
tomonga yo‘naltiriladi.


273 
Separatorning ishlab chiqarish unumdorligi mahsulotning dastlabki yirikligiga bog‘liq 
holda 0,3 dan 2,4 t/soat oralig‘ida tebranadi. 
Mehanizatsiyalashgan saralash ko‘mirning yirik sinflarini, uranni va boshqa 
radioaktiv rudalarni, olmosli ruda va ohaktoshlarni boyitishda ishlatiladi. 
Tanlab maydalash va dekripitatsiya 
Tanlab maydalab boyitishshunga asoslanganki, zarba va ishqalanish orqali
yanchilgandan keyin yengil maydalanuvchi bir xil minerallar mayda sinfda yig‘iladi, 
boshqalari qiyin maydalanuvchilari esa yirik mahsulotda to‘planadi. Shu yo‘l bilan 
olingan mahsulotni elashminerallarni ajratishga imkon beradi. Tanlab maydalash bilan 
yonuvchi slanetslarni boyitishda yirik jinslarni ajratish mumkin. 
Dekripitatsiya – minerallarni qizdirib, tez sovutilganda uvalanib ketish xodisasi. 
Dekripitatsiya xususiyatini bir nechta ko‘rinishda uchraydigan, yirik kristallar hosil 
qiluvchi minerallar namoyon qiladi. Bunday minerallarga barit va kalsit kiradi. 
Dekripitatsiyadan keyin mahsulotni elash darz ketib maydalangan mahsulotni darz 
ketmagan mahsulotdan ajratishga imkon beradi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling