281
8.2-rasm. Rekali klassifikatorda eshkaklarning harakatlanishsxemasi.
ishlatiladi. Suvsizlantirish qumlarni klassifikator tubi bo‘ylab tashishda drenajlash
xisobiga sodir bo‘ladi. Ba’zan qumlar shlamlarni yuvib
tushirish uchun suv bilan
sug‘oriladi. Klassifikatorlarda suvsilantirilgan mahsulotlarning namligi 15-25 % gacha.
Suvsizlantiruvchi bunkyerlarbir necha kator temir
beton yacheykalardan iborat
bo‘lib, ularning har biri pastki qismi piramidal yoki prizma shakliga ega.
Suvsizlantirilgan mahsulotni chiqarish ga ikki yoki to‘rtta teshik o‘rnatilgan.
Yacheykalar soni suvsizlantiruvchi mahsulot miљdori va suvsizlantirishvaqtiga bog‘liq.
Suvsizlantiriluvchi mahsulot bunkyerning yacheykalariga yo‘qlanadi va unda bir necha
soat ushlab turiladi. Suv bunkyerda mahsulot katlami orqali filtrlanadi va panjarali
zulfin orqali tushirib olinadi. Yirik bo‘lakli boyitmalarning namligi 4-8 soat ichida 12-
18 % dan 5-10 % gacha kamayadi. Mayda donali boyitmalarni 20-24 soatgacha ushlash
talab qilinadi.
Drenajlash omborlarikatta sig‘imli inshoot. Mayda zarrachali og‘ir mahsulot
bo‘tanasiomborning tindirgichlariga suvning asosiy qismini yo‘qotish uchun beriladi.
Tindirgichlarning
cho‘kmalari
greyfyer
kranlar
yordamida
omborning
drenajlashqismida qiya beton polga g‘aramlanadi. G‘aramlardan
suv ombor polidan
o‘tuvchi drenajlash arikchalari orqali ajratib olinadi. Drenajlash omborlarida, masalan,
temir boyitmalari 6-10 % namlikkacha suvsizlantiriladi.