O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Minerallarning magnit xossalari va ularning klassifikatsiyasi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet95/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

5.2.Minerallarning magnit xossalari va ularning klassifikatsiyasi. 
 
Hamma jismlar o‘zining magnit xossalariga qarab diamagnit, paramagnit va 
ferromagnit minerallarga bo‘linadi. 


244 
Diamagnit minerallar manfiy magnitlanishga moyilikka ega va bir jinsli 
bo‘lmagan magnit maydonidan itariladi (mis, alyuminiy, vismut, surma). 
Paramagnit minerallar odatdagi sharoitda musbat magnitlanishga moyillikka ega 
va kuchli tashqi magnit maydoni ta’sirida ular magnitlanadi va magnit maydoniga 
tortiladi. 
Ferromagnit moddalarning magnitlanishga moyilligi paramagnitlarnikiga 
nisbatan ancha katta va ularni magnitlash uchun nisbatan kuchsiz magnit maydoni talab 
qilinadi (temir, nikel, kobalt) FeO , FeS.
Boyitishda mineral zarrachalar solishtirma magnitlanishga moyillikning 
kattaligiga qarab klassifikatsiyalanadi va u bo‘yicha hamma minerallar 3 ta guruxga 
bo‘linadi. 
1. Kuchli magnitli minerallar, ular X>300 10
-3
m
3
/kg ga teng magnitlanishga 
moyillikka ega. Bu minerallarga magnetit, maggemit, pirrotin va boshqalar kiradi, ular 
ferromagnit minerallar hisoblanib, ularni ajratish uchun magnit maydonining 
kuchlanganligi kichik (70-120k A/m) separator ishlatiladi.
2. Kuchsiz magnitli minerallarning magnitlanishga moyilligi X=10 10
-3
-600 10
-3
m
3
/kg orasida. Minerallarning bu guruxi paramagnit minerallarga mansub bo‘lib, ularga 
hamma marganetsli minerallar, temir oksidlari, titan, volfram va boshqa minerallar 
kiradi. Bu minerallarning magnit fraksiyasiga ajratish uchun separatorlarning magnit 
maydonining kuchlanganligi 480-1600 kN/m atrofida bo‘lishi kerak. 
3. Nomagnit minerallar, ularga X<10 10
-3
m
3
/kg dan kichik paramagnit minerallar va 
hamma diamagnit minerallar kiradi. Minerallarning bu guruxi magnit fraksiyaga hatto 
kuchli maydonli separatorlarda ham ajralmaydi. 
Magnit separatorlari bir-biridan magnit sistemasining tuzilishi, magnit maydoni ta’sir 
etuvchi zona, ajralish mahsulotlarini qabulqiluvchi vannaning tuzilishi, magnit 
fraksiyani ishchi zona bo‘ylab harakatlantiruvchi ishchi organining tuzilishi bilan 
farqqiladi. 
Magnit maydonining kuchlanganligi va kuchiga qarab, separatorlar ikki guruhga 
bo‘linadi:


245 
1. Kuchlanganligi 80-120 kA/m bo‘lgan kuchsiz magnit maydonli separatorlar. 
Bu separatorlar kuchli magnitli minerallarni ajratishga mo‘ljallangan. Bunday 
maydonlarni hosil qilish uchun ochiq magnitli sistema ishlatilib, ularda maydonning 
har xil jinsliligi turli ishorali bir nechta qutblarni almashtirib, galma-gal ulab hosil 
qilinadi. 
Bu guruhdagi separatorlar magnetitli rudalarni boyitishda va og‘ir suyuqliklarda 
boyitishda, ferromagnitli suspenziyani regenyeratsiyalashda ishlatiladi. 
2. Magnit maydonining kuchlanganligi 800-1600 kA/m bo‘lgan kuchli magnit 
maydoniga ega separatorlar. Ular ruda tarkibidagi kuchsiz magnitli minerallarni 
ajratishga mo‘ljallangan. Bunday kuchli magnit maydonini faqat yopiq magnitli 
sistemani qo‘llab hosil qilish mumkin. 
Boyitilish usuliga qarab, bu guruhning separatorlari ikki turga bo‘linadi: 
guruhboyitish uchun (muhit sifatida havo) va ho‘l usulda boyituvchi separatorlar (muhit 
sifatida suv).
Rudaning harakatlanish yo‘nalishi va boyitish mahsulotlarini ishchi zonadan 
chiqarish usuliga qarab, ho‘l usulda boyituvchi separatorlar quyidagilarga bo‘linadi:
(to‘g‘ri) oqib o‘tuvchi vannali separatorlar, ularda dastlabki ruda va nomagnit 
minerallar bitta yo‘nalishda harakatlanadi; magnit va nomagnit mahsulotlar 
yo‘nalishlari orasidagi burchak <90
0

-qarama–qarshi oqimli vannali separatorlar; ularda ruda va nomagnit minerallar 
bitta yo‘nalishda harakatlansa, magnitli mahsulot qarama-qarshi yo‘nalishda 
harakatlanadi. Yo‘nalishlar orasidagi burchak >90
0

-yarim qarama-qarshi oqimli vannali separatorlar-ularda mahsulot bo‘tana 
shaklida pastdan bosim ostida beriladi, magnit va nomagnit minerallar bir-biriga 
qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi, yo‘nalishlar orasidagi burchak >90
0

Magnitli mahsulotni chiqarib oluvchi moslamaning tuzilishiga qarab barabanli, 
valokli, disk (gardish)li va rolikli separatorlar mavjud. Separatorlar ikki turda 
tayyorlanadi: elektromagnitli (E) va doimiy magnitli (P). Quyidagi turlarda ishlab 
chiqariladi: ho‘l separatsiyalash uchun barabanli (BM), guruhseparatsiyalash uchun 


246 
barabanli (BS); ho‘l separatsiyalash uchun valokli (VM); guruhseparatsiyalash uchun 
valokli (VS); guruhseparatsiyalash uchun diskli (DS) va h.k. 
Yordamchi asbob-uskuna sifatida boyitish fabrikalarida rudani magnitlash va 
magnitsizlantirish uchun apparatlar va magnitli gidroseparatorlar ishlatiladi. 
Nazorat uchun savollar. 
1.Minerallarning magnit xossalari va ularning klassifikatsiyasi. 
2.Diamagnit minerallar haqida tushuntirib bering? 
3.Paramagnit minerallar haqida tushuntirib bering? 
4.Ferromagnitminerallar haqida tushuntirib bering? 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling