O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet94/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

 
 
 
 
 


242 
5 bob. Magnit usulida boyitish texnologiyasi 
Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari 
 
 
Magnit usulida boyitishning mohiyati shundan iboratki, ruda zarrachalariga 
magnit va mexaniq kuchlar bilan ta’sir qilinganda, har xil magnit xossasiga ega bo‘lgan 
zarrachalar har xil harakatlanish traektoriyalariga ega bo‘ladi.
O‘zlarining traektoriyalari bo‘ylab haraktlanib, magnit va nomagnit zarrachalar 
magnit maydonidan alohida mahsulotlar holida chiqib, bu maxsulotlar bir-biridan faqat 
magnit xossasi bilangina emas, balki o‘zining moddiy tarkibi bilan ham farqqiladi.
Magnit usuladi boyitishqora va rangli metalllar rudalarini boyitishda, magnitli 
og‘irlashtirgichlarni regenyeratsiyalashda, turli xil materiallardan temirni yo‘qotishda 
qo‘llaniladi. 
Ruda zarrachalarini magnit xossalariga qarab ajratishsodir bo‘ladigan mashinalar 
magnit separatorlari deb ataladi. 
Separatorning ishchi zonasi deb ataluvchi zonasida magnitli ajratish olib borish 
uchun kuchlanganligi har xil nuqtalarda har xil bo‘lgan magnit maydoni 
hosilqilishkerak. 
Bunday magnit maydoni bir jinsli bo‘lmagan maydon deyiladi. 
Magnit usulida boyitish uchun faqat magnitli zarrachaga ta’sir qiluvchi magnit 
kuchlarini hosilqiluvchi bir jinsli bo‘lmagan magnit maydoni ishlatiladi. Undan tashqari 
magnit maydoni yetarli darajadagi kuchlanganlikka ega bo‘lishi kerak. Ruda 
zarrachalarining magnitlanish kobiliyatiga qarab ularning ajralishi kuchli va kuchsiz 
magnit maydonlarida olib boriladi. 
5.1.Magnit maydoni va uning xossalari 
Magnit maydoni materiyaning maxsusshakli bo‘lib, fazoda ma’lum turdagi kuch 
tarzida namoyon bo‘ladi va bu kuchlar o‘zlarining magnitlangan jismlarga 
ko‘rsatiladigan ta’siri bilan bir-biridan farqqiladi. 
Bu kuchlarning magnitlangan jismlarga ta’siri bu jismlarda tez harakatlanuvchi ichki 
molekulyar elektr zaryadlarining mavjudligi bilan tushuntiriladi. 


243 
Magnit maydoni kuch chiziqlari holida ifodalanib, ularning umumiy soni magnit oqimi 
F deb ataladi. Magnit oqimining o‘lchov birligi SI sistemasida veber (Vb).
Magnit maydonining asosiy harakteristikasi - magnit induksiyasi V hisoblanib, u son 
jihatdan 1 sm
2
yuzani kesib o‘tuvchi kuch chiziqlari soniga teng. Magnit 
induktsiyasining o‘lchov birligi tesla (Tl). 
Magnit maydonidagi magnitlangan jismning harakteristikasi sifatida magnit momenti 
ishlatiladi, u son jihatdan 1 Tl induktsiyali magnit maydonida, jism tomonidan 
xisqilingan (seziladigan) mexaniq momentga teng. 
Magnitlanganlik - magnit maydonining yana bir muxim xossasi, o‘lchov birligi A/m. 
Magnit maydoni kuchlanganlik bilan harakaterlanadi. Musbat magnit massasi birligiga 
berilgan nuqtada ta’sir qiluvchi kuch magnit maydonining kuchlanganligi deyiladi. 
Magnitlanish intensivligining magnit maydoni kuchlanganligiga nisbati jismning 
xajmiy magnitlanishga moyilligi deyiladi.
Agar hajmiy magnitlanishga moyillikni massa birligiga nisbatini olsak, u solishtirma 
magnitlanishga moyillik deyiladi. 
Solishtirma magnitlanishga moyillik minerallarning magnit xossalarini harakterlaydi. U 
minerallarning tashqi maydon ta’sirida o‘zining magnit momentini o‘zgartira 
olishqobiliyatini ko‘rsatadi. 
Bir jansli bo‘lmagan magnit maydoni maydon gardishini, ya’ni fazoda kuchlanganlik 
tezligining o‘zgarishi bilan harakterlanadi. 
Maydon gradientini shu nuqtadagi kuchlanganlikka ko‘paytmasi magnit kuchi 
deyiladi.
Maydonning istalgan nuqtasidagi kuchlanganligi kattalik va yo‘nalish bo‘yicha 
bir xil bo‘lgan magnit maydonlari bir jinsli magnit maydoni deyiladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling