O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.1.Magnit maydoni va uning xossalari
242 5 bob. Magnit usulida boyitish texnologiyasi Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari Magnit usulida boyitishning mohiyati shundan iboratki, ruda zarrachalariga magnit va mexaniq kuchlar bilan ta’sir qilinganda, har xil magnit xossasiga ega bo‘lgan zarrachalar har xil harakatlanish traektoriyalariga ega bo‘ladi. O‘zlarining traektoriyalari bo‘ylab haraktlanib, magnit va nomagnit zarrachalar magnit maydonidan alohida mahsulotlar holida chiqib, bu maxsulotlar bir-biridan faqat magnit xossasi bilangina emas, balki o‘zining moddiy tarkibi bilan ham farqqiladi. Magnit usuladi boyitishqora va rangli metalllar rudalarini boyitishda, magnitli og‘irlashtirgichlarni regenyeratsiyalashda, turli xil materiallardan temirni yo‘qotishda qo‘llaniladi. Ruda zarrachalarini magnit xossalariga qarab ajratishsodir bo‘ladigan mashinalar magnit separatorlari deb ataladi. Separatorning ishchi zonasi deb ataluvchi zonasida magnitli ajratish olib borish uchun kuchlanganligi har xil nuqtalarda har xil bo‘lgan magnit maydoni hosilqilishkerak. Bunday magnit maydoni bir jinsli bo‘lmagan maydon deyiladi. Magnit usulida boyitish uchun faqat magnitli zarrachaga ta’sir qiluvchi magnit kuchlarini hosilqiluvchi bir jinsli bo‘lmagan magnit maydoni ishlatiladi. Undan tashqari magnit maydoni yetarli darajadagi kuchlanganlikka ega bo‘lishi kerak. Ruda zarrachalarining magnitlanish kobiliyatiga qarab ularning ajralishi kuchli va kuchsiz magnit maydonlarida olib boriladi. 5.1.Magnit maydoni va uning xossalari Magnit maydoni materiyaning maxsusshakli bo‘lib, fazoda ma’lum turdagi kuch tarzida namoyon bo‘ladi va bu kuchlar o‘zlarining magnitlangan jismlarga ko‘rsatiladigan ta’siri bilan bir-biridan farqqiladi. Bu kuchlarning magnitlangan jismlarga ta’siri bu jismlarda tez harakatlanuvchi ichki molekulyar elektr zaryadlarining mavjudligi bilan tushuntiriladi. 243 Magnit maydoni kuch chiziqlari holida ifodalanib, ularning umumiy soni magnit oqimi F deb ataladi. Magnit oqimining o‘lchov birligi SI sistemasida veber (Vb). Magnit maydonining asosiy harakteristikasi - magnit induksiyasi V hisoblanib, u son jihatdan 1 sm 2 yuzani kesib o‘tuvchi kuch chiziqlari soniga teng. Magnit induktsiyasining o‘lchov birligi tesla (Tl). Magnit maydonidagi magnitlangan jismning harakteristikasi sifatida magnit momenti ishlatiladi, u son jihatdan 1 Tl induktsiyali magnit maydonida, jism tomonidan xisqilingan (seziladigan) mexaniq momentga teng. Magnitlanganlik - magnit maydonining yana bir muxim xossasi, o‘lchov birligi A/m. Magnit maydoni kuchlanganlik bilan harakaterlanadi. Musbat magnit massasi birligiga berilgan nuqtada ta’sir qiluvchi kuch magnit maydonining kuchlanganligi deyiladi. Magnitlanish intensivligining magnit maydoni kuchlanganligiga nisbati jismning xajmiy magnitlanishga moyilligi deyiladi. Agar hajmiy magnitlanishga moyillikni massa birligiga nisbatini olsak, u solishtirma magnitlanishga moyillik deyiladi. Solishtirma magnitlanishga moyillik minerallarning magnit xossalarini harakterlaydi. U minerallarning tashqi maydon ta’sirida o‘zining magnit momentini o‘zgartira olishqobiliyatini ko‘rsatadi. Bir jansli bo‘lmagan magnit maydoni maydon gardishini, ya’ni fazoda kuchlanganlik tezligining o‘zgarishi bilan harakterlanadi. Maydon gradientini shu nuqtadagi kuchlanganlikka ko‘paytmasi magnit kuchi deyiladi. Maydonning istalgan nuqtasidagi kuchlanganligi kattalik va yo‘nalish bo‘yicha bir xil bo‘lgan magnit maydonlari bir jinsli magnit maydoni deyiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling