O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Minerallarning magnit xossalari va ularning klassifikatsiyasi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
5.2.Minerallarning magnit xossalari va ularning klassifikatsiyasi.
Hamma jismlar o‘zining magnit xossalariga qarab diamagnit, paramagnit va ferromagnit minerallarga bo‘linadi. 244 Diamagnit minerallar manfiy magnitlanishga moyilikka ega va bir jinsli bo‘lmagan magnit maydonidan itariladi (mis, alyuminiy, vismut, surma). Paramagnit minerallar odatdagi sharoitda musbat magnitlanishga moyillikka ega va kuchli tashqi magnit maydoni ta’sirida ular magnitlanadi va magnit maydoniga tortiladi. Ferromagnit moddalarning magnitlanishga moyilligi paramagnitlarnikiga nisbatan ancha katta va ularni magnitlash uchun nisbatan kuchsiz magnit maydoni talab qilinadi (temir, nikel, kobalt) FeO , FeS. Boyitishda mineral zarrachalar solishtirma magnitlanishga moyillikning kattaligiga qarab klassifikatsiyalanadi va u bo‘yicha hamma minerallar 3 ta guruxga bo‘linadi. 1. Kuchli magnitli minerallar, ular X>300 10 -3 m 3 /kg ga teng magnitlanishga moyillikka ega. Bu minerallarga magnetit, maggemit, pirrotin va boshqalar kiradi, ular ferromagnit minerallar hisoblanib, ularni ajratish uchun magnit maydonining kuchlanganligi kichik (70-120k A/m) separator ishlatiladi. 2. Kuchsiz magnitli minerallarning magnitlanishga moyilligi X=10 10 -3 -600 10 -3 m 3 /kg orasida. Minerallarning bu guruxi paramagnit minerallarga mansub bo‘lib, ularga hamma marganetsli minerallar, temir oksidlari, titan, volfram va boshqa minerallar kiradi. Bu minerallarning magnit fraksiyasiga ajratish uchun separatorlarning magnit maydonining kuchlanganligi 480-1600 kN/m atrofida bo‘lishi kerak. 3. Nomagnit minerallar, ularga X<10 10 -3 m 3 /kg dan kichik paramagnit minerallar va hamma diamagnit minerallar kiradi. Minerallarning bu guruxi magnit fraksiyaga hatto kuchli maydonli separatorlarda ham ajralmaydi. Magnit separatorlari bir-biridan magnit sistemasining tuzilishi, magnit maydoni ta’sir etuvchi zona, ajralish mahsulotlarini qabulqiluvchi vannaning tuzilishi, magnit fraksiyani ishchi zona bo‘ylab harakatlantiruvchi ishchi organining tuzilishi bilan farqqiladi. Magnit maydonining kuchlanganligi va kuchiga qarab, separatorlar ikki guruhga bo‘linadi: 245 1. Kuchlanganligi 80-120 kA/m bo‘lgan kuchsiz magnit maydonli separatorlar. Bu separatorlar kuchli magnitli minerallarni ajratishga mo‘ljallangan. Bunday maydonlarni hosil qilish uchun ochiq magnitli sistema ishlatilib, ularda maydonning har xil jinsliligi turli ishorali bir nechta qutblarni almashtirib, galma-gal ulab hosil qilinadi. Bu guruhdagi separatorlar magnetitli rudalarni boyitishda va og‘ir suyuqliklarda boyitishda, ferromagnitli suspenziyani regenyeratsiyalashda ishlatiladi. 2. Magnit maydonining kuchlanganligi 800-1600 kA/m bo‘lgan kuchli magnit maydoniga ega separatorlar. Ular ruda tarkibidagi kuchsiz magnitli minerallarni ajratishga mo‘ljallangan. Bunday kuchli magnit maydonini faqat yopiq magnitli sistemani qo‘llab hosil qilish mumkin. Boyitilish usuliga qarab, bu guruhning separatorlari ikki turga bo‘linadi: guruhboyitish uchun (muhit sifatida havo) va ho‘l usulda boyituvchi separatorlar (muhit sifatida suv). Rudaning harakatlanish yo‘nalishi va boyitish mahsulotlarini ishchi zonadan chiqarish usuliga qarab, ho‘l usulda boyituvchi separatorlar quyidagilarga bo‘linadi: (to‘g‘ri) oqib o‘tuvchi vannali separatorlar, ularda dastlabki ruda va nomagnit minerallar bitta yo‘nalishda harakatlanadi; magnit va nomagnit mahsulotlar yo‘nalishlari orasidagi burchak <90 0 . -qarama–qarshi oqimli vannali separatorlar; ularda ruda va nomagnit minerallar bitta yo‘nalishda harakatlansa, magnitli mahsulot qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi. Yo‘nalishlar orasidagi burchak >90 0 . -yarim qarama-qarshi oqimli vannali separatorlar-ularda mahsulot bo‘tana shaklida pastdan bosim ostida beriladi, magnit va nomagnit minerallar bir-biriga qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi, yo‘nalishlar orasidagi burchak >90 0 . Magnitli mahsulotni chiqarib oluvchi moslamaning tuzilishiga qarab barabanli, valokli, disk (gardish)li va rolikli separatorlar mavjud. Separatorlar ikki turda tayyorlanadi: elektromagnitli (E) va doimiy magnitli (P). Quyidagi turlarda ishlab chiqariladi: ho‘l separatsiyalash uchun barabanli (BM), guruhseparatsiyalash uchun 246 barabanli (BS); ho‘l separatsiyalash uchun valokli (VM); guruhseparatsiyalash uchun valokli (VS); guruhseparatsiyalash uchun diskli (DS) va h.k. Yordamchi asbob-uskuna sifatida boyitish fabrikalarida rudani magnitlash va magnitsizlantirish uchun apparatlar va magnitli gidroseparatorlar ishlatiladi. Nazorat uchun savollar. 1.Minerallarning magnit xossalari va ularning klassifikatsiyasi. 2.Diamagnit minerallar haqida tushuntirib bering? 3.Paramagnit minerallar haqida tushuntirib bering? 4.Ferromagnitminerallar haqida tushuntirib bering? 90>10> Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling