O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Ishqalanish va zaryadlangan yuza bilan ta’sirlashish orqali elektrlashtirish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet103/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

Ishqalanish va zaryadlangan yuza bilan ta’sirlashish orqali elektrlashtirish  
Ma’lum sharoitda bir–biriga ishqalanish natijasida barcha fizik jismlar o‘lchami 
va ishqalanish zaryadining ishorasi turlicha bo‘lib elektrlanadi. Bitta jismning o‘zi 
boshqa, unga ishqalanuvchi jismning fizik xossalariga qarab o‘lchami va ishorasi 
turlicha zaryad olishi mumkin. Masalan, metalllar shishaga ishqalanganda manfiy, 
kauchukka ishqalanganda esa musbat elektrlanadi. Har xil turdagi jismlar bir–biriga 
ishqalanganda ular o‘lchami bir xil, ishorasi har xil elektr zaryadlari bilan zaryadlanadi. 
Mineral zarrachalarning ishqalanish orqali elektrlanishi ularning elektrostatik 
maydonda o‘zini turlicha to‘tishi bilan tushuntiriladi.
Tajriba natijasida elektrostatik maydonda bir xil mineral zarrachalarning hamma 
vaqt musbat zaryadlangan, boshqalarning esa manfiy zaryadlangan elektrod tomonga 
og‘ishini, minerallarning bir qismini esa elektrodlar qutblanishini sezmasligi 
aniqlangan. Bu birinchi va ikkinchi turdagi minerallarning ular og‘adigan elektrodning 
ishorasiga teskari triboelektr zaryadi ishorasiga, og‘ishmaydigan zarrachalar esa juda 
kichik ishqalanish zaryadiga ega ekanligini ko‘rsatadi. 
Mineral zarrachalarni, shuningdek, zaryadlangan elektrod bilan to‘qnashtirib 
ham elektrlashtirish mumkin. Turli xil elektr o‘tkazuvchanlikka ega zarrachalar 
zaryadlangan elektrod bilan to‘qnashganda ular turli kattalikdagi zaryadlarni oladi. 
Nisbatan yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega minerallar birozdan so‘ng elektrod bilan 
bir xil ishorali zaryad oladi, dielektrik zarrachalar esa elektrodga tortilgancha qoladi. 


264 
Zaryadlangan yuzada elektr o‘tkazuvchi va dielektrik minerallarning o‘zini turlicha 
to‘tishi ularni elektr maydonida ajratishda keng ishlatiladi.
Mineral zarrachalarni zaryadlashning boshqa usullari elektr usulida boyitish 
amaliyotida ko‘p tarqalmagan. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling