O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Mineral zarrachalarni zaryadlash usullari
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
Mineral zarrachalarni zaryadlash usullari
Elektr separatsiyada asosan mineral zarrachalarning elektr o‘tkazuvchanligi, dielektrik o‘tkazuvchanligi, ishqalash orqali elektrlash va adgeziya xossalaridagi farq ishlatiladi. Elektr o‘tkazuvchanligiga qarab minerallar 3 guruhga bo‘linadi: solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi 10 2 –10 3 Sm/m li o‘tkazgichlar; solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi10–10 -8 Sm/m li yarim o‘tkazgichlar; solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi <10 -8 Sm/m li dielektriklar; Bu guruhlardagi minerallarning har biri solishtirma qarshilikning ma’lum qiymati bilan harakterlanadi. O‘tkazgichlarga solishtirma qarshiligi <10 9 Om m, dielektriklarga >10 12 Om m minerallar kiradi. Elektr maydonida o‘tkazgichlar va dielektriklar o‘zlarini turlicha to‘tadilar. Agar elektr maydoniga o‘tkazgich joylashtirilsa, uning yuzasida elektr zaryadlari hosil bo‘ladi, bunda o‘tkazgichning bir uchida ortiqcha elektronlar hosil bo‘ladi (manfiy zaryad), ikkinchi uchida esa elektronlar etishmaydi (musbat zaryad). O‘tkazgich elektr maydonidan chetlashtirilsa ikkala qarama–qarshi zaryadlar muvozanatlashadi va jism zaryadsizlanadi. O‘tkazgich zaryadlangan jism bilan to‘qnashganda tokni yaxshi o‘tkazgani uchun bir xil zaryad hosil qilib zaryadlangan jismdan itariladi. Dielektriklar esa elektr maydonida o‘zini boshqacha to‘tadi. Dielektrikning har qaysi molekulasida bir vaqtning o‘zida ham manfiy, ham musbat zaryadlar joylashadi; shuni qayd qilishkerakki dielektrikning istalgan hajmida umumiy musbat zaryad manfiy zaryadga teng va dielektrikning har qaysi molekulasi elektr dipoli hisoblanadi. 262 Agar dielektrikni elektr maydoniga joylashtirilsa, uning ta’siri ostida zaryadlarning siljishi va maydonning kuchlanganligi yo‘nalishida elektr dipollarining orientatsiyasi sodir bo‘ladi. Dielektrikning yuzasida zaryadlar paydo bo‘ladi. Elektr maydonining ta’siri ostida dielektrikdagi zaryadlarning siljishi qutblanish deyiladi. Qutblangan dielektrikning yuzasida hosil bo‘lgan zaryadlar bog‘langan zaryadlar deyiladi. Qutblanish–bu elektr maydoni ta’sirida dielektrikda bog‘langan zaryadlar joylashishini o‘zgartirishni tartibga solish. Bu o‘zgarish dielektrikdagi manfiy bog‘langan zaryadlar yuqoriroq potentsial yo‘nalishida, musbat bog‘langan zaryadlar esa pastroq potentsial tomonga ko‘chadi. 10>10> Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling