O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Elektr separatorlarining tuzilishi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
6.3. Elektr separatorlarining tuzilishi
Rudali va noruda foydali qazilmalarni boyitishda elektr separatsiya’ning quyidagi usullari keng tarqalgan: elektrostatik separatsiya– elektrostatik maydonda amalga oshiriladi. tojli separatsiya–tojli razryadli elektrsizlashtirish maydonida amalga oshiriladi (zarrachalar ionlashish orqali zaryadlanadi). tojli–elektrostatik separatsiya–tojli elektrostatik maydonda amalga oshiriladi. Kamdan–kam hollarda dielektrik separatsiya ishlatiladi. Elektr separatsiyasi usullarining bunday tasnifiga asosan elektr separatorlarini quyidagi asosiy guruhlarga bo‘lish mumkin. elektrostatik (barabanli, kamerali, pog‘onali, plastinkasimon), tojli va tojli–elektrostatik (barabanli, kamerali); triboadgezion; dielektrik; Har qanday elektr spearatorining tuzilishi zarrachani zaryadlovchi moslama va mineral zarrachaning ajralishi sodir bo‘luvchi separatsiya zonasi bilan aniqlanadi. Zaryadlovchi moslama va separatsiya zonasi alohida va birlashgan holda tayyorlanishi mumkin. Elektr separatorlarining ajralmas qismi–yuqori kuchlanish manbai. Mineral zarrachalarni elektr–o‘tkazuvchanlikka qarab boyitish uchun o‘n oltita parallel plastinkasimon elektrodlardan tuzilgan plastinkasimon pog‘onali separator ishlatiladi (6.2–rasm). Pastki elektrodlar bir tekis, yuqorilari 2–jalyuzsimon. Plastinkasimon elektrodlarning bir qatori yerga ulangan, izolyatorlar 3 ga ulangan boshqa qatordagi elektrodlarga yuqori kuchlanganlik beriladi. 265 6.2–rasm. Plastinkasimon elektrostatik separator. Dastlabki mahsulot elektrodlar orasida yuqoridan pastga harakatlanib, o‘n oltita elektr maydoni ta’siriga uchraydi. Tok o‘tkazuvchi zarrachalar tekis elektroddan o‘ziladi va teskari elektrodning jalyuzlari orqali o‘tib, qabul qiluvchi idish 4 ga tushirib olinadi. Tok o‘tkazmaydigan zarrachalar separatorning hamma kaskadlaridan o‘tib qabul qiluvchi idish 5 ga tushadi. Bu jarayon plastinkalarning qiyalik burchagini, ular orasidagi masofani va beriladigan kuchlanganlikni o‘zgartirib boshqariladi. Amaliyotda barabanli tojli va tojli–elektrostatik separatorlar eng ko‘p ishlatiladi. 25–rasmda barabanli tojli elektr separatorining sxemasi keltirilgan. Qutichada podshipniklarda metall baraban–cho‘ktiruvchi elektrod 3 aylanadi. Undan ma’lum masofada alohida quti 5 da barabanni hosil qiluvchiga parallel holda bir nechta ingichka o‘tkazuvchilar–tojlantiruvchi elektrodlar 4 tortilgan. Barabanning ustida yo‘qlovchi voronka 2, ostida esa boyitish mahsulotlarini qabul qilish uchun bir nechta bo‘limlardan iborat qabul qiluvchi bunkyer 6 o‘rnatilgan. Barabanni yopishib qolgan zarrachalardan tozalash uchun aylanuvchi cho‘tka 1 ko‘zda tutilgan. Tojli elektrsizlanishhosil qilish uchun tojlantiruvchi elektrodlarga yuqori kuchlanishberiladi. Cho‘ktiruvchi elektrod yerga ulanadi. 266 6.3–rasm. Barabanli tojli elektr separatorining sxemasi Aylanuvchi baraban orqali material bunkyerdan elektrodlar orasidagi maydonga beriladi. Baraban yuzasida mineral zarrachalar ionlar oqimidan zaryad oladilar. Tok o‘tkazmaydigan zarrachalar barabanda zaryadini o‘zgartirmaydi, uning yuzasida ushlanib qoladi va bunkyerning III bo‘limiga to‘qiladi. O‘tkazuvchi zarrachalar zaryadini tez o‘zgartiradi va baraban yuzasidan har xil zaryadlangan zarracha sifatida itariladi va I bo‘limga tushadi. Yarim o‘tkazuvchi zarrachalar esa II bo‘limga bo‘shatiladi. Sanoatda ishlatiladigan elektr separatori bir nechta barabandan tashqil topib, ularda asosiyseparatsiya va mahulotlardan birini tozalashsodir bo‘ladi. Elektr separatsiya asosan kamyob metalllar rudalari (qalay, volfram, titan– tsirkoniy, tantal–niobiy) ning konsentratlari sifatini me’yorga etkazish, shuningdek, kyeramik mahsulotlarni, shishali qumlarni, fosforit, slyuda, olmos va h.k. larni boyitishda qo‘llanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling