O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Minerallarning moddiy tarkibi va ularning aralashmadagi miqdori


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet106/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

Minerallarning moddiy tarkibi va ularning aralashmadagi miqdori. 
Ajratiluvchi minerallar moddiy tarkibining doimiy emasligi, ularda boshqa 
aralashmalarning mavjudligi elektr separatsiya ko‘rsatkichlariga jiddiy ta’sir qilishi 
mumkin. Masalan, tsirkonga temirli minerallarni tushib qolishi uning elektr 
o‘tkazuvchanligini shunchalik oshirib yuboradiki, natijada u o‘tkazuvchi fraksiyaga 
tushadi. 
Separatsiya ko‘rsatkichlari, shuningdek, dastlabki mahsulotdagi ajraluvchi 
minerallarning miqdoriga bog‘liq. Agar aralashmada dielektriklarning miqdori kam 


268 
bo‘lsa, bu holda yuqori sifatli o‘tkazgichli fraksiya olish mumkin, va aksincha, 
dielektriklarning miqdori ko‘p bo‘lsa, o‘tkazgichlar fraksiyasini olish uchun bir nechta 
tozalashoperatsiyalarini qo‘llash talab qilinadi. 
Elektrodlardagi kuchlanganlik. Tojli elektroddagi kuchlanganlik elektrodlar 
orasidagi bo‘shliqda tojli tok kuchini belgilaydi va elektr separatsiya jarayonini 
boshqarishda muhim parametr hisoblanadi. Elektrodlar orasidagi kuchlanganlikning 
ortishi bilan tojli tok kuchi ortadi. Havoning yaxshi ionlashishi elektrodlar orasidagi 
bo‘shliqda ionlar sonining ortishi natijasida kuchliroq elektr zaryadlarini olishga hamda 
ko‘p sonli zarrachalarni zaryadlashga ham imkon tug‘diradi. 
Elektrodlar orasidagi masofa. Tojli tok, shuningdek, minerallarning tojli 
elektrsizlantirish maydonida zaryadlashsamaradorligi tojli va yerga ulangan elektrodlar 
orasidagi masofaga bog‘liq. Bu masofani kamaytirib tojdagi tokni ko‘paytirish mumkin 
yoki aksincha. 
Elektrodlar 
orasidagi 
masofani 
o‘zgartirib, xuddi tojli elektroddagi 
kuchlanganlikni o‘zgartirishdagi kabi elektr separatsiya’ni boshqarish mumkin. 
Elektrodlar orasidagi masofa separatsiya tartibi ishlab chiqilayotgan paytda belgilanadi 
va separator ishlab turgan paytda o‘zgartirilmaydi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling