O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Yerga ulangan elektrodning aylanish tezligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet107/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

Yerga ulangan elektrodning aylanish tezligi. Elektr separatsiyada barabanning 
chiziqli (aylanma) harakatlanish tezligi zarrachani baraban yuzasidan o‘zib tushiruvchi 
asosiy markazdan qochuvchi kuch orqali namoyon bo‘ladi. 
Markazdan qochuvchi kuchning ortishi bilan o‘tkazuvchi zarrachalarning 
ajralishi uchun qulay sharoit yaratiladi, biroq haddan tashqari oshirisho‘tkazuvchilar 
fraksiyasiga baraban yuzasida elektr tortishish kuchlari bilan ushlanib turilmaydigan 
elektr o‘tkazmaydigan zarrachalarni ham o‘tib ketishiga olib keladi. O‘tkazuvchi 
fraksiya’ning o‘tkazmaydiganlar bilan ifloslanishi barabanning aylanma harakatlanish 
tezligi kamayib ketganda ham kuzatiladi. 
Shuningdek, separatorning ishlab chiqarish unumdorligi ham cho‘ktiruvchi 
elektrodning aylanma harakatlanish tezligiga bog‘liq.Aylanma harakatlanish tezligining 
ortishi bilan separatorning ishlab chiqarish unumdorligini oshirish mumkin, biroq bu 
bilan separatsiya mahsulotlari sifatini yaxshilashga hamma vaqt erishib bo‘lmaydi. 


269 
Mahsulotning yuqori namligi elektr separatsiyaga ikki taraflama salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Namlik minerallarning, ayniqsa o‘tkazmaydigan minerallarning tabiiy elektr 
o‘tkazish xususiyatini kuchli darajada o‘zgartirishi va ularning moddiy tarkibi hamda 
elektrofizik xususiyatidan qat’iy nazar zarrachalarning yopishib qolishiga olib keladi. 
Puch tog‘’ jinslarining mayda zarrachalari qimmatbaho mineralga yopishib, 
konsentratga ajraladi va uning sifatini yomonlashtiradi. Shunday qilib, ortiqcha 
namlikni yo‘qotish elektr usulida boyitishdan oldingi bajarilishi shart bo‘lgan 
operatsiyahisoblanadi. 
Elektrseparatsiyada mahsulotning yuza namligi asosiy rol o‘ynaydi. Mahsulot 
yuzasidagi namlikni yo‘qotishharorati 150
0
–200
0
C. Bunday haroratda quritilgan 
mahsulot 0,5–1% namlikka ega bo‘ladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling