271
7 bob. Boyitishning maxsusus usullari
7.1 Qo‘lda va mexanizatsiyalashgan saralash
Qo‘lda saralash ajratiluvchi minerallarning rangi, yaltiroqligi va shaklidagi farqqa
asoslangan. Masalan, ko‘mir bu belgilar bilan puch tog‘ jinsidan ajralib turadi. Puch
tog‘’ jinslarini foydali qazilma massasidan ajratib olishni
ruda saralovchi moslama
yonida joylashgan ishchi - saralovchilar olib boradilar. Qo‘lda saralash tasmali
konveyyer- larda yoki ruda saralashstollarida, ba’zan tarnovcha
yoki elaklarda olib
boriladi. Ruda saralovchi tasma ko‘pincha gorizontal joylashtiriladi. Tasmaning
kengligi 12shsh mm dan oshmaydi,
harakatlanish tezligi sh,2 dan sh,4 m/sek. gacha.
Agar tasmaning kengligi 8shsh mm oshmasa saralovchilar tasma bo‘ylab bir-biridan
1,5-2 m masofada tasmaning bir tomonida, agar tasmaning kengligi bundan ortik bo‘lsa
ikki tomonidan joylashadilar. Tasmada harakatlanayotgan mahsulot qatlami qalinligi
mahsulotdagi eng katta bo‘lak o‘lchamidan ortiq bo‘lmasligi kerak. Mahsulot tasmada
harakatlanadi va saralovchilar qo‘lda puch tog‘ jinslarini yoki ruda bo‘laklarini
qabul
qiluvchi vagonchalarga soladilar. Puch tog‘ jinslari chiqindilar maydoniga jo‘natiladi,
ruda bo‘laklari esa boyitmaga qo‘shiladi. Tasmada qolgan mahsulot qayta ishlashning
boshqa operatsiyalariga uzatiladi.
Ruda saralashstollari-gorizontal, dumaloq, vertikalo‘q atrofida aylanuvchi bo‘ladi. Stol
yuzasi disk yoki xalqa ko‘rinishiga ega. Oxirgi holda saralovchilar xalqaning ham
tashqi tomonidan,ham ichki tomonidan joylashadilar.
Ruda saralashsharoitini yaxshilash maqsadida mahsulot bo‘laklari
yuzasidagi changni
yo‘kotish uchun suv bilan yuviladi, yoki minerallarning rangli yoki yaltiroqligidagi
farqni oshirish uchun maxsus yoritish qo‘llaniladi.
qo‘lda saralasho‘lchami 50-100 mm li mahsulot uchun qo‘llaniladi.
Bundan kichik
o‘lchamdagi maxsulotni saralash unumdorligi ortiqroq yiriklikdagi mahsulot qo‘lda
saralash uchun ogir.
Mexanizatsiyalashgan saralashminerallarning nur qaytarish qobiliyati, radioaktiv
xususiyati, rentgen nurlari oqimida shu'lalanishi va h.k. larga asoslanadi.
1-rasmda olmosli rudalarni gravitatsiya usulida boyitishhomaki
boyitmasidan olmosni
rentgen-lyuminestsent separatorlarda ajratishsxemasi keltirilgan.