O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Zarrachalarning shakli va ishqalanishiga qarab boyitish


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet111/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

7.2. Zarrachalarning shakli va ishqalanishiga qarab boyitish 
Mineral zarrachalarning xususiyati va ularning shakli zarrachalarning qiya yuza 
bo‘ylab harakatlanish tezligini belgilaydi. Dumaloq shakldagi zarracha tebranish 
kuchini yengib dumalaydi, yassi shakldagi zarrachalar esa sirpanish kuchini 
yengibsirpanadi. Dumaloq shakldagi zarrachalar yassi shakldagi zarrachalarga nisbatan 
kattaroq tezlikda harakatlanadi. G‘adir-budir yuzali zarrachalar tekisyuzali 
zarrachalarga nisbatan sekinroq sirpanadi. 
Zarracha qiya yuza bo‘ylab harakatlanganda kichik ishqalanishga ega zarrachalar katta 
tezlikka ega bo‘ladi va yuzadan tushishda kichik harakatlanish tezligiga ega 
zarrachalarga nisbatan uzoqroq masofaga uchib tushadi. Shu hodisa minerallarni 
ajratish uchun ishlatiladi. 
2 - rasmda foydali qazilmani boyitishda ishqalanish koeffitsienti, yiriklik va 
zarrachalarning shaklidagi farq ishlatiladigan vibratsion separator keltirilgan.


274 
7.2-rasm. Rudani ishqalanish bo‘yicha guruhboyitish uchun vibratsion 
separator. 
1-separator yuzasi rama bilan; 2-pastki rama; 3-tayanch prujinasi; 4-uzatma. 
 
Yanchilgan guruh mahsulot vibratsiyalanuvchi yuzaning o‘rtasidan pastroqqa 
beriladi. Yuzaning qiyaligi ham ko‘ndalangiga, ham bo‘ylamasiga sozlanishi mumkin. 
Kichik ishkalanish koeffitsientiga ega dumaloq zarrachalar yuzaning qiyaligi bo‘ylab 
pastga sirpanib harakatlanadi, ishqalanish koeffitsienti katta yassi zarrachalar esa 
yuqoriga harakatlanadi. Vibratsion separatorlar asbestli rudalarni boyitishda va abraziv 
kukunlari ajratishda keng qo‘llaniladi.
Nazorat uchun savollar 
 
1. Qo‘lda saralash qay tartibda amalga oshiriladi? 
2.Qo‘lda saralash samaradorligini oshirish maqsadida qanday choralar qo‘llaniladi? 
3.Radiometrik saralashning moqiyati nimadan iborat? 
4.Tanlab maydalash, yanchish jarayoni nimaga asoslangan? 
5.Dekripitatsiya deb nimaga aytiladi? 
6.Dekripitatsiya usulida qanday rudalar boyitiladi? 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling