O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Mineral zarrachalarni zaryadlash usullari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet102/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

Mineral zarrachalarni zaryadlash usullari 
Boyitishda ishlatiladigan elektr separatsiya usullarining ko‘pchiligi uchun 
mineral zarrachalarni zaryadlash (yoki qutblash) muhim ahamiyatga ega. Mineral 
zarrachalarni zaryadlashning eng ko‘p tarqalgan usullarini ko‘rib chiqamiz. 
Ionlash orqali zaryadlash. Mineral zarrachalarni tojli elektrsizlashtirish 
maydonida zaryadlash usuli keng tarqalgan. Tojli elektrsizlashtirish gazlarda 
elektrsizlantirishning ko‘rinishi hisoblanadi. Har qanday gaz–ideal dielektrikligiga 
qaramay elektrodlar orasida tok manbaining yetarli quvvatida elektr toki paydo qiladi. 
Bu hodisaning sababi elektrodlar orasidagi oraliqda joylashgan gaz (havo) ionlashishi 
va buning natijasida gazda elektr zaryadlarini tashuvchi (musbat yoki manfiy 
zaryadlangan ionlar va elektronlar) ning paydo bo‘lishidir. 
Ionlashishning mohiyati neytral molekuladan elektronlarni yo‘nib olish va erkin 
elektronlarning bir qismini neytral molekula va atomlarga biriktirishdadir. Buning 
natijasida bir yoki bir necha elektronlarini yo‘qotgan molekulalar musbat ionlarga, bir 
yoki bir nechta elektronlarni biriktirib olgan molekulalar esa elektr manfiy ionlarga 
aylanadi. 


263 
Yaqinida ionlashgan gazning nurlanishidan hosil bo‘ladigan elektrod 
tojlantiruvchi elektrod tojlantiruvchi elektrodga yondashgan nurlanuvchi zona 
tojlantiruvchi qatlam deyiladi. 
Tojli elektrsizlashtirishning tashqi zonasi faqat bir xil ishorali zaryadga ega. Bu 
tojlantiruvchi elektrodning qarama–qarshi ionlarni yo‘tib, bir xil zaryadli ionlarning esa 
tashqi zonaga itarilib, qarama–qarshi (yerga ulangan) elektrodga tomon yo‘nalishi bilan 
tushuntiriladi. 
Agar tojli elektrsizlashtirishning tashqi zonasiga mineral zarracha joylashtirilsa
unga zaryadlangan ionlar yutiladi. Zarrachaga o‘rnashgan ionlar qancha ko‘p bo‘lsa, 
zarracha shuncha ko‘p zaryad oladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling