O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova


Ruda va minerallarning elektr xossalari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet99/143
Sana28.09.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1688991
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   143
Bog'liq
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT

6.2. Ruda va minerallarning elektr xossalari 
Foydali qazilmalarni elektr separatsiyasi uchun minerallarning elektr 
xossalaridagi farq ishlatiladi. Elektr maydonida harakatlanuvchi mineral zarrachaga 
ta’sir qiluvchi elektr kuchlarining kattaligi minerallarning elektr xossalari (elektr 
o‘tkazuvchanlik, dielektrik doimiylik va h.k.lar) ni belgilaydi. 
Mineral zarrachalarning elektr maydonida turli traektoriyalar bo‘ylab 
harakatlanishi ularni ajratish uchun qo‘llaniladi.
Zamonaviy elektr separatorlarida zaryadlangan zarrachalar teskari ishorali 
zaryadlangan elektrod bilan to‘qnashib, bunda o‘tkazgich zarrachalar tezda 
elektrodning zaryadini egallaydi va bir xil zaryadlangan zaryad sifatida bir-biridan 
itariladi. Elektr o‘tkazmaydigan zarrachalar zaryadini o‘zgartirmaydi va har xil 
zaryadlangan zarrachalar sifatida elektrodga tortiladi. Elektr zaryadlarining o‘zaro 
ta’sirlashuv (itarilish va tortishish) kuchi Kulon qonuni bilan aniqlanib, zaryadlar 
o‘lchamining ko‘paytmasiga to‘g‘ri proportsional va zaryadlar orasidagi masofaning 
kvadratiga teskari proportsional.


257 
Zarrachalarga elektr zaryadini turli usullar bilan berish mumkin: zaryadlangan 
elektrod bilan to‘qnashib, elektr maydonida induktsiyalab, qizdirib, ishqalab 
elektrlashtirib, mineral zarracha yuzasida ionlarni adsorbtsiyalab va h.k. Ularning 
orasida amaliy ahamiyatga egasi: zaryadlangan yuza bilan ta’sirlashuv. Tojli (koronniy) 
elektrsizlantirish qarama–qarshi elektrodga yo‘nalgan ionlar oqimini hosil qiladi va 
mineral zarrachalar ularning yuzasida ionlar adsorbtsiyalangani uchun zaryadga ega 
bo‘ladi. Tojli elektrsizlantirish kichik diametrli elektrodga yuqori kuchlanish (20–40 
kv) berib hosil qilinadi.
Elektr separatsiyada ajraluvchi minerallar yuzasining holati muhim ahamiyatga 
ega. Mineralyuzasiga reagentlar bilan ishlov berish orqali elektr separatorda 
zarrachaning harakatini o‘zgartirish mumkin. Mineral zarrachalarga flotatsiyadan va 
elektr separatsiyadan oldin reagentlar bilan ishlov berish umumiy nazariy asosga ega. 
Gidrofil yuzalar namlikni yo‘tadi va yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega. Elektr 
separatsiya jarayoniga ta’sir etuvchi elektr kuchlarining miqdori kichik bo‘lgani uchun 
u faqat o‘lchami 4 mm dan kichik guruh mahsulotlar uchun qo‘llaniladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling