O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi I. K. Umarova. G. Q. Salijanova
Kuchsiz magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
METALLI RUDALARNI BOYITISH ДАРСЛИК 2020 MRBT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mаgnit usulidа boyitish sхеmаlаri
5.4. Kuchsiz magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar
Kuchsiz magnitli rudalarni boyitish uchun magnit maydonining kuchlanganligi yuqori bo‘lgan separatorlar ishlatiladi. 248 5.2–rasmda o‘lchami 3(6) mm yiriklikdagi kuchsiz magnitli rudalarni guruh va ho‘l usulda boyituvchi valokli separator keltirilgan. Magnitsistemasi o‘zaklar va ulardagi g‘altak o‘ramlari, qutb uchliklari va valoklardan iborat. Valoklarning turtib chiqqan joylaribo‘lib, ularning qarshisidagi qutb uchliklarida maydonning bir jinsligini kuchaytiruvchi o‘yiqlarga ega. Sepiluvchi guruh mahsulot yoki bo‘tana yo‘qlovchi voronka orqali valok ostidagi uchliklarga beriladi. Nomagnit zarrachalar uchliklardagi teshiklar orqali qutining chiqindilar bo‘limiga, magnitli minerallar esa valoklar yordamida magnit kuchlari ta’siri zonasidan chiqib ketib qutining magnitli mahsulotlar bo‘limiga tushadi. 5.2–rasm.Kuchsiz magnitli rudalarniguruh va ho‘l usulda boyituvchi separatorning sxemasi 1–ta’minlagich; 2–o‘ramlar g‘altagi; 3–o‘zak; 4–qutb uchliklari, 5–valoklar, 6– magnitli mahsulotni qabul qiluvchi idish; 7–nomagnit mahsulotni qabul qiluvchi idish; Separatorning harakteristikasi: valokning o‘lchamlari: DxL=270x1000 mm, valokning aylanish tezligi 50-90 ayl/min, magnit maydonining kuchlanganligi 10000– 12000e, ishlab chiqarish unumdorligi <3 mm li mahsulotda 4 t/soat gacha. Bunday separatorlar marganetsli rudalarni ho‘l usulda boyitish uchun kamyob metallli rudalardan ajratib olingan boyitmalarni qayta tozalash uchun qo‘llaniladi. 249 Mаgnit usulidа boyitish sхеmаlаri Magnitli sepyeratsiyaningt o‘ziga xos xususiyatlari rudani magnitli ajratishdan oldin tayyorlash jarayonini o‘tkazishkerakligidir. Bu xususiyatlar esa rudaning harakteristikasi, granulometrik tarkibi va qo‘llaniladigan sepyeratsiya usuliga bog‘liq holda tanlab quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi.Bularga maydalash, yanchish, elash, shlamsizlantirish, changsizlantirish, magnitlash, magnitsizlantirish quritish va kuydirish kiradi. Elash – seperator ishchi tuynugidagi magnit maydoni magnit kuchlari qiymati jixatidan bir xil emas. Separatorga rudani yiriklik bo‘yicha chegarada berishda eng katta va eng kichik zarra diametri zarraga ta’sir qiluvchi magnit kuchi bir necha marta farq qilishi mumkin.Magnitli separatsiyada shunday sharoit yaratishkerakki , har xil o‘lchamli va har xil magnitlanish qobiliyatiga ega zarrachalar bir xil magnit kuchi bilan tortilmasin.Har xil magnitlanish qobiliyatiga ega, lekin bir xil magnit kuchi bilan tortiluvchi ikki mineralo‘lchamlarining nisbati teng tortilish koeffitsenti deyiladi. Bu koefitsent qancha katta bo‘lsa boyitishsxemasi shuncha sodda bo‘ladi. Shlamsizlantirish va changsizlantirish - bu jarayonlarda dastlabki rudalardan mayda noruda zarrachalar xul separatsiyalarda shlamlar,quruqseparatsiyalarda changni chetlashtirish amalga oshiriladi. Ho‘l separatsiyalanish jarayoni rudada mayda va mayin yanchilgan mahsulotning ishtirok etishiga ta’sirchan , chunki bu zarrachalarning bir qismi separatsiyada magnitli maxsulotga tushib, uning sifatini yomonlashtiradi. Bu esa mayin zarrachalar solishtirma yuzasining kattaligi va ularning qiyinroq zarrachalarga yopishish qobiliyati bilan tushuntiriladi.Htsl separatsiyalashda mahsulotning qarshiligi tufayli mayin zarrachalarning harakatlanishi qiyinlashadi va bu ham ularning magnit separatsiyasini yomonlashtiradi.Mayin zarrachalarnichetlashtirish donali qismini ajratib olishni yaxshilaydi. Magnitlash va magnitsizlash - mayin yanchilgan kuchli magnit xossasiga ega mahsulotlarning magnitli separatsiya jarayonida magnit va nomagnit zarrachalardan tashqil topgan agregatlar (flokul) jadal hosil bo‘ladi va bu boyitishsamaradorligiga ta’sir etadi. 250 Respublikamiz iqtisodiyotini yuyori darajaga ko‘tarishda qora metalllurgiya’ning ham o‘rni katta , rudalardan qora rangli va kamyom metalllarning ajralishini oshirish, ularning chiqindilar tarkibida maksimal darajada yo‘qolishini kamaytirish uchun foydali qazilmalarni boyitishning samarali usullarni va yangi texnologik jarayonlarni tadbiq qilish ko‘zda tutilmoqda. Bu masalalarni xal etishda magnit usulini qo‘llab amalga oshirish mumkin. Magnit usulida boyitish keyingi yillarda jadal rivojlanmoqda. Hozirda yangi magnit usullarda boyitish, ya’ni magnitog‘idrodinamik va magnitog‘idrostatik usullaridan keng foydalanilmoqda. 251 Magnit seperasiyasini II-bosqich Yanchishning I-bosqichi Magnit seperasiyasini I-bosqich Sinflash 3> Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling