Magnit va elektr separatorlar
Download 66.49 Kb.
|
doston dastgohlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari
- Magnit maydoni va uning xossalari
Magnit va elektr separatorlar Reja:
Magnit maydoni va uning xossalari. Magnit separatorlarining klassifikatsiyasi. Elektr usulida boyitish asoslari. Elektr separatorlarining tuzilishi. Magnit usulida boyitishning nazariy asoslari Magnit usulida boyitishning mohiyati shundan iboratki, ruda zarralariga magnit va mexanik kuchlar bilan ta’sir qilinganda, har xil magnit xossasiga ega bo‘lgan zarralar turli xil harakatlanish trayektoriyalariga ega bo‘ladi. O‘zlarining trayektoriyalari bo'ylab harakatlanib, magnit va nomagnit zarralar magnit maydonidan alohida mahsulotlar holida chiqib, bu mahsulotlar bir-biridan faqat magnit xossasi bilangina emas, balki o'zining moddiy tarkibi bilan ham farq qiladi. Magnit usulida boyitish qora va rangli metall rudalarini boyitishda, magnitli og‘irlashtirgichlarni regeneratsiyalashda, turli xil materiallardan temirni yo'qotishda qo'llaniladi. Ruda zarralarining magnit xossalariga qarab ajratish sodir bo'ladigan mashinalar magnit separatorlari deb ataladi. Separatorning ishchi zonasi deb ataluvchi zonasida magnitli ajratish olib borish uchun kuchlanganligi har xil nuqtalarda turli xil bo'lgan magnit maydoni hosil qilish kerak. Bunday magnit maydoni bir jinsli boUmagan maydon deyiladi. Magnit usulida boyitish uchun, faqat magnitli zarraga ta’sir qiluvchi, magnit kuchlarini hosil qiluvchi, bir jinsli bo'lmagan magnit maydoni qo‘llaniladi. Bundan tashqari, magnit maydoni yetarli darajadagi kuchlanganlikka ega bo'lishi kerak. Ruda zarralarining magnitlanish qobiliyatiga qarab ularning ajralishi kuchli va kuchsiz magnit maydonlarida olib boriladi. Magnit maydoni va uning xossalari Magnit maydoni materiyaning maxsus shakli bo‘lib, fazoda ma’lum turdagi kuch tarzida namoyon bo'ladi va bu kuchlar o‘zlarining magnitlangan jismlarga ko'rsatiladigan ta’siri bilan bir-biridan farq qiladi. Bu kuchlarning magnitlangan jismlarga ta’siri tez harakatlanuvchi ichki molekular elektr zaryadlarining mavjudligi bilan tushuntiriladi. Magnit maydoni kuch chiziqlari holida ifodalanib, ulaming umumiy soni magnit oqimi F deb ataladi. Magnit oqimining o‘lchov birligi SI tizimida veber (Vb). Magnit maydonining asosiy xarakteristikasi - magnit induksiyasi V hisoblanib, u son jihatdan 1 sm2 yuzani kesib o‘tuvchi kuch chiziqlari soniga teng. Magnit induksiyasining o‘lchov birligi tesla (Tl). Magnit maydonidagi magnitlangan jismning xarakteristikasi sifatida magnit momenti ishlatiladi, u son jihatdan 1 Tl induksiyali magnit maydonida, jism tomonidan his qilingan (seziladigan) mexanik momentga teng. Magnitlanganlik - magnit maydonining yana bir muhim xossasi, o‘lchov birligi A/m. Magnit maydoni kuchlanganlik bilan xarakterlanadi. Musbat magnit massasi birligiga berilgan nuqtada ta’sir qiluvchi kuch magnit maydonining kuchlanganligi deyiladi. Magnitlanish intensivligining magnit maydoni kuchlanganligiga nisbati jismning hajmiy magnitlanishga moyilligi deyiladi. Agar hajmiy magnitlanishga moyillikning massa birligiga nisbatini olsak, u solishtirma magnitlanishga moyillik deyiladi. Solishtirma magnitlanishga moyillik minerallaming magnit xossalarini xarakterlaydi. U minerallaming tashqi maydon ta’sirida o‘zining magnit momentini o'zgartira olish qobiliyatini ko‘rsatadi. Bir jinsli bo‘lmagan magnit maydoni maydon gradientining, ya’ni fazoda kuchlanganlik tezligining o‘zgarishi bilan xarakterlanadi. Maydon gradiyentining shu nuqtadagi kuchlanganlikka ko‘paytmasi magnit kuchi deyiladi. Maydonning istalgan nuqtasidagi kuchlanganligi kattalik va yo‘nalish bo'yicha bir xil bo‘lgan magnit maydonlari bir jinsli magnit maydoni deyiladi. Download 66.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling