Magnit va elektr separatorlar


Elektr maydoni va uning xossalari


Download 66.49 Kb.
bet4/5
Sana02.06.2024
Hajmi66.49 Kb.
#1836725
1   2   3   4   5
Bog'liq
doston dastgohlar

Elektr maydoni va uning xossalari

Elektr maydoni — materiyaning muhim shakli hisoblanib, fazoda elektr kuchlari, ya’ni zaryadlangan jismga ta’sir etuvchi kuchlar sifatida hosil bo'ladi va bu kuchlar zaryadlangan jismning harakat tezligiga bog‘liq emas.


Elektr maydonida jismlaming chiziqlar bo'ylab harakatlanishi elektr kuch chiziqlari deyiladi.
Kuch chiziqlari oqimining zichligi elektr m aydonining kuchlanganligi bilan harakatlaniladi. Elektr maydonining kuchlanganligi deb, maydonning berilgan nuqtasidagi musbat zaryadga ta’sir qiluvchi kuchning shu zaryadga nisbatiga aytiladi: bunda: F - zaryadga ta’sir qiluvchi kuch; Q — zaryad.
Elektr maydonining kuchlanganligi maxsus birlikka ega emas. SI tizimida kuchlanganlik Nyuton/Kulon (N /K l), yoki volt/m etr (V/m )da o'lchanadi. Shuningdek, volt/santim etr (v/sm ) yoki kilovolt/sm (kv/sm) birliklar ham keng qo'llaniladi.
Elektr maydonining ko'rinishi (konfiguratsiya) har xil bo‘ladi. Elektr maydoni bir jinsli va bir jinsli bo‘lmagan maydonlarga bo‘linadi.
Maydonning bir jinsli emasligi kuchlanganlik gradiyentining o'zgarishi bilan ifodalanadi:
gradE = ,
bunda: E - elektr maydonining kuchlanganlik gradiyenti; dE - dx ga teng bo‘lakda x yo'nalishda maydonning o‘zgarishi.
Maydonning kuchlanganlik gradiyenti birligi SI tizimida V/m2. Elektr separatsiya uchun elektrodlardagi kuchlanish £/=20-70 kV bo‘lgandagi elektr maydonining kuchlanganligi 610 kV/m atrofida bo‘lgan maydon qo‘llanadi.

Elektr maydonida zarraning qabul qiladigan zaryadi tok kuchining uni o‘tish vaqtiga ko‘paytmasiga teng:




Q = I - t ,

bunda: Q t vaqt oralig'ida I tok kuchida zarraning ko‘ndalang kesimidan o'tadigan elektr zaryadi. Elektr zaryadining o‘lchov birligi SI tizimida kulon (K).


Zarraning zaryadi yuzaviy va hajmiy zichlik bilan xarakterlanadi.
Yuzaviy zichlik deb, zarra yuzasida joylashgan zaryadning shu yuza maydoniga bo‘lgan nisbatiga aytiladi.


Download 66.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling