Magnit va elektr separatorlar


Elektr usulida boyitish asoslari


Download 66.49 Kb.
bet3/5
Sana02.06.2024
Hajmi66.49 Kb.
#1836725
1   2   3   4   5
Bog'liq
doston dastgohlar

Elektr usulida boyitish asoslari

Foydali qazilmalarni elektr separatsiyasi uchun minerallaming elektr xossalaridagi farq ishlatiladi. Elektr maydonida harakatlanuvchi m ineral zarraga ta ’sir qiluvchi elektr kuchlarining kattaligi m inerallaming elektr xossalari (elektr o'tkazuvchanlik, dielektrik doimiylik va hokazolar) ni belgilaydi.


Mineral zarralarning elektr maydonida turli trayektoriyalar bo‘ylab harakatlanishi ularni ajratish uchun qo'llaniladi.
Zamonaviy elektr separatorlarida zaryadlangan zarralar teskari ishorali zaryadlangan elektrod bilan to‘qnashib, bunda o‘tkazgich zarralar tezda elektrodning zaryadini egallaydi va bir xil zaryadlangan zaryad sifatida bir-biridan itariladi. Elektr o‘tkazmaydigan zarralar zaryadini o'zgartirmaydi va har xil zaryadlangan zarralar sifatida elektrodga tortiladi. Elektr zaryadlarining o'zaro ta’sirlashuv (itarilish va tortishish) kuchi Kulon qonuni bilan aniqlanib, zaryadlar o‘lchamining ko'paytmasiga to‘g‘ri proporsional va zaryadlar orasidagi masofaning kvadratiga teskari proporsional bo'ladi.
Zarralarga elektr zaryadini turli usullar bilan berish mumkin: zaryadlangan elektrod bilan to'qnashib, elektr maydonida induksiyalab, qizdirib, ishqalab elektrlashtirib, mineral zarra yuzasida ionlarni adsorbsiyalab va hokazo. Ulaming orasida amaliy ahamiyatga egasi: zaryadlangan yuza bilan ta’sirlashuv. Tojli (коронний) elektrsizlantirish qarama-qarshi elektrodga yo‘nalgan ionlar oqimini hosil qiladi va mineral zarralar ularning yuzasida ionlar adsorbsiyalangani uchun zaryadga ega bo‘ladi. Tojli elektrsizlantirish kichik diametrli elektrodga yuqori kuchlanish (20-40 kV) berib hosil qilinadi.
Elektr separatsiyada ajraluvchi minerallar yuzasining holati muhim ahamiyatga ega. Mineral yuzasiga reagentlar bilan ishlov berish orqali elektr separatorda zarraning harakatini o‘zgartirish mumkin. Mineral zarralarga flotatsiyadan va elektr separatsiyadan oldin reagentlar bilan
ishlov berish umumiy nazariy asosga ega. Gidrofil yuzalar namlikni yutadi va yuqori elektr o‘tkazuvchanlikka ega. Elektr separatsiya jarayoniga ta’sir etuvchi elektr kuchlarining miqdori kichik bo'lganligi uchun u faqat o‘lchami 4 mm dan kichik quruq mahsulotlar uchun qo‘llaniladi.



Download 66.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling